Samyuel Umtiti: “Antuanning “Barselona”ga katta yordami tegishi aniq”
26 may 2018 01:32
Yangiliklar


Samyuel Umtiti: “Antuanning “Barselona”ga katta yordami tegishi aniq”
“Barselona” himoyasisi Samyuel Umtiti vatandoshi Antuan Grizmanning “Atletiko”dan “Barselona”ga o'tishi haqidagi xabarlarga munosabatini bildirdi.
“Antuan ajoyib futbolchi, biz uning qanchalik iqtidorga ega ekanligini bilamiz. U har qanday jamoaning muhim azosiga aylana oladi. U “Barselona”ga o'tsa, jamoaga juda katta yordami tegishi aniq.
Mening shartnomam? Men bilan hozircha hech kim aloqaga chiqqani yo'q, vaziyat o'zgargani yo'q. Ammo men xavotirlanayotganim yo'q, biz bir necha oy ilgari muzokaralarni boshlaganmiz. JCH-2018 boshlanguniga qadar barchasini hal qilishimiz lozim”, deydi Umtiti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar