So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  2 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  19 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

Samyuel Eto’Oning 10ta klubi FOTOGALEREYA Yangiliklar

Samyuel Eto’Oning 10ta klubi FOTOGALEREYA

Kamerunlik hujumchi dunyo kezishda davom etadi. Biz futbolchining Madriddan Sampdoriyagacha bosib o'tgan yo'lini tezda yodga olamiz.
Barchasi 1997 yil 16 yoshli Samyuel Eto’O Kamerundan Real yoshlar jamoasiga o'tishidan boshlangandi.



Realning asosiy jamoasida Eto’O bir necha yillar davomida atiga 5ta o'yinda umuman gol ura olmadi. SHu bois uni ijaraga berish boshlandi.

Dastlab Eto’O bir mavsum Leganeseda o'tkazgandi, segunda klubida 30ta bahsda 4ta gol urgan.



Leganesdan so'ng Espanolda o'ynagan, ammo bu klubda umuman maydonga tushmagan futbolchining rasmi ham yo'q. SHunday ishonishga majburmiz.

Malorkaga o'tganidan so'ng dunyo Samyuel Eto’Oni tanidi. Kamerunlik hujumchi to'rt yarim mavsumda Ispaniya chempionatida 50dan ortiq gol urdi.



2004 yil yozida Eto’O 24 million evro evaziga Barselonaga ko'chib o'tadi. Frank Raykard va Xosep Gvardiola qo'l ostida kamerunlik futbolchi uch bor Ispaniya chempioni, ikki bor ECHL g'olibi va bir nechta Kubok hamda Superkuboklarni qo'lga kiritdi. 201ta o'yinda 129ta gol urdi. 



2009 yozida Eto’O Interga, Ibragimovich esa Barsaga ko'chib o'tgandi. Italiyada kamerunlik futbolchi yana bir bor ECHLda zafar quchdi, Italiya chempioni bo'ldi va Italiya kubogini qo'lga kiritdi.



2011 yil yozida Eto’O Anjiga o'tib Suleyman Kerimov jamoasida dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylandi.



Anji loyihasiga darz ketgach Eto’O tezda Joze Mourino boshqarayotgan CHelsiga o'tib ketgandi.



O'tgan yozda Evropaning bir qator klublari qiziqqandi. Ammo Eto’O yakunda Angliyada qolib Evertonga yordam berishga qaror qilgandi.



Yarim yil Everton uchun ham, kamerunlik uchun ham yaxshi o'tgani yo'q. Endi Eto’O  Sinisha Mixaylovich ustozlik qilayotgan Sampdoriya azosiga aylandi.



Futbolchi Italiya klubi bilan 2.5 yillik shartnoma tuzdi. Ammo Eto’O yarim yildan so'ng boshqa klubga o'tishi va yana bir yangi rasm paydo bo'lishi mumkin. Bunisini vaqt ko'rstaadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика