Samvel Babayanni tabriklaymiz
19 may 2015 11:57
Yangiliklar
Klub tizimida 15 yilga yaqin muddat mobaynida xizmat qilib kelayotgan Samvel Vyacheslavovich jamoa muvaffaqiyatlarga erishishiga katta hissa qo'shdi, futbol maktabi va akademiyasining tashkil topishi, u erdan asosiy tarkibga ko'plab o'yinchilarning jalb etilishida muhim rol o'ynadi. Klubdagi tashkiliy ishlarni hal qilish bilan birga murabbiylik uchun talim olib, 2014 yil boshida jamoani boshqarishga kirishdi. SHu mavsumning o'zidayoq asosan akademiya tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoa mamlakat chempionligini ko'lga kiritdi.
Bugun 44 yoshga to'ladigan Samvel Vyacheslavovichni "Paxtakor" futbol klubi nomidan tabriklab, unga faoliyati va oilaviy hayotida baxt, omad, salomatlik va farovonlik tilab qolamiz. Tug'ilgan kun muborak bo'lsin!
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar