So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  2 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  22 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

Samvel Babayan: "Jamoa ikki futbolchiga bog'lanib qolmagan" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Jamoa ikki futbolchiga bog'lanib qolmagan"

"Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi bo'lib "sherlar" bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

"O'ylashimcha ikkala jamoa muxlislari chiroyli o'yin guvohiga aylanishdi. Futbolda himoyadagi qo'pol xatolar bo'lib turadi. "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. G'alaba uchun ikkita etakchimiz etishmadi. Ular hujum tashkil qilishda ancha foydali o'ynar edilar. CHempionat o'yinida omadimiz kelmadi, balki boshqa musobaqalarda omadimiz kelar", - deydi Samvel Babayan.


- Jamoani OCHLda qiyin o'yin kutib turibdi. Futbolchilar o'sha bahsga tiklana olishadimi?

- Albatta, yigitlar hozirdan tiklanishni boshlashdi. OCHLda yaxshi o'ynayapmiz, Iskanderov va Maxaradze yo'q bo'lsa ham yaxshi o'ynay olishimizni ko'rdik. Umid qilamizki so'nggi turda g'alaba qozonamiz.


- Javohir Sohibov haqida fikrlaringiz...

- U tayanch yarim himoyasida yaxshi o'ynamoqda. Ammo ijodkorlik etishmayapti.


- Himoya markazidagi xatolar yana takrorlanmoqda. Yangi futbolchi sotib olish rejada yo'qmi?

- Oraxovacni yil boshida sotib olganmiz. U harakat qilmoqda. Kamoliddin Tojiev jarohat olgani bizni pand berdi. U tez orada safga qaytadi.


- O'zbekiston chempioni faqat ikkita futbolchiga bog'liqmi?

- Yo'q, ularsiz uchinchi o'yinimizni o'tkazdik. Ochiqchasiga aytsak bugun "Lokomotiv"dan kuchsiz emasdik. Omadimiz kelmadi.


- Navro'z Alimov "Paxtakor"ga o'tganida yaxshi o'ynab ketadi deb o'ylagandik. Uning keyingi taqdiri qanday kechadi?

- U yaxshi hujumi, kelajagi porloq. Mehnat qilishda davom etishi kerak. "Qizilqum" safida bizga qarshi o'ynaganida tayyor futbolchi deb o'ylagandik. Biroq ko'rindiki hali bizning darajamizda emas. Buni o'zi yaxshi tushunib turibdi, o'z ustida tinmay mehnat qilmoqda.


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика