So’nggi yangiliklar

21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  1 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  2 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 20:35ПСЖ Jordan брендидан янги либослар тўпламини тақдим этди  0 20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  4 19:51"Нефтчи" назорат баҳсида Сербия клубини мағлуб этди, Искандеровдан гол  10 19:30Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон Кувайт дарвозасига 5та тўп киритди  2 19:18Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев "Манчестер Сити" клуби хўжайини билан учрашди  8 18:42"Бразилия ЖЧ-2026да Неймар учун ўйнамаса, чемпион бўла олмайди"  5 17:59Романо: "Манчестер Сити"нинг янги хариди бугун Англияга учиб боради  8 17:16Отабек Умаров ва Равшан Эрматов Миллий футбол марказидаги қурилиш жараёнини кўздан кечирди  8 16:55Суперлигага қайтган "Қўқон-1912" назорат баҳсида кумуш медал соҳиби ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 16:28"Динамо" БААга учиб кетди. Абрамов шогирдлари ЖАР, БАА, Россия ва Хитой клубларига қарши ўйнайди  2 16:05"Африкада бир бўлак нон учун ҳар куни эрталаб 20 миль масофани босиб ўтадиган инсонлар бор"  7 15:22"Пахтакор" Туркия йиғини доирасида Чехия клубига мағлуб бўлди  16

Samvel Babayan: Yig'indagi asosiy etibor Gruziya bilan o'yinga qaratilgan edi Yangiliklar

Samvel Babayan: Yig'indagi asosiy etibor Gruziya bilan o'yinga qaratilgan edi

Teglar :  Samvel Babayan
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida BAAning Dubay shahrida 21–24 yanvar kunlari o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazdi.

Yig'in doirasida Samvel Babayan shogirdlari ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi. Yoshartirilgan tarkibda harakat qilgan O'zbekiston terma jamoasi Daniya U-23 termasiga qarshi bahs olib borib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.  Ikkinchi o'yinda esa terma jamoa Gruziya bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan BAAdagi yig'indan ko'zlangan maqsad, o'tkazligan o'yinlar va bo'lajak rejalar borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“JCH–2018 saralash bosqichi 2-davrasidan o'rin olgan Suriyaga qarshi o'yin oldidan BAAda o'tkazilgan o'quv-mashg'ulotlar yig'inidan ko'nglim to'ldi. Yig'in doirasida o'tkazilgan har ikki o'yinda o'zimiz uchun kerakli xulosalar chiqarib oldik. Daniya U-23 termasiga qarshi o'yinda tajribaviy tarkibni maydonga tushirdik. Gruziya bilan bahsda esa yig'inga chaqirilgan asosiy futbolchilar harakat qildi.  Yig'in qisqa muddatli va FIFA kunlariga to'g'ri kelmaganligi bois legioner futbolchilarni taklif qila olmadik va terma jamoa asosini “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Buxoro” futbolchilari tashkil etdi. “Nasaf” OCHL–2017 o'tish bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgani uchun klub futbolchilari yig'inga taklif etilmadi.

Barcha futbolchilar maydonda bor kuchini berib, terma jamoaning modeliga asosan harakat qildi. Milliy termaning asosiy tarkibida tushadigan futbolchilar o'yinidan qoniqish hosil qildim. O'tkazilgan har ikki o'rtoqlik o'yinida Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov va Egor Krimecning yo'qligi bilindi va buning natijasida jami 4 ta gol o'tkazib yubordik. SHulardan ikkitasini standart vaziyatdan urildi. Xatolar ustida ishlab, ularni tahlil qilishimiz va keyingi o'yinlarga qadar bu muammolarni bartaraf qilishimiz lozim.

Yig'inda asosiy etibor Gruziyaga qarshi o'yinga qaratilgan edi. Himoyada yo'l qo'yilgan xatolarga qaramay, o'yin davomida ustunlik biz tomonda bo'ldi. Hujum chizig'ida ham muammolar yuzaga keldi. Yaratilgan vaziyatlardan to'liq foydalanilmadi va buning ustida ham ishlashimiz kerak. O'yindagi ustunlikni urilgan gollar bilan namoyish qilishimiz lozim edi. Ammo o'z darvozamizdan ketma-ket ikkita gol o'tkazib, qiyin ahvolga tushib qoldik. Lekin futbolchilar o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotmadi va to'p nazoratini o'z qo'liga olib, hisobni tenglashtirdi. Umuman olganda, o'yindan ko'nglim to'ldi”, – dedi Babayan.

Samvel Babayan, shuningdek, terma jamoaning bo'lajak rejalari haqida so'zlab berdi.

“SHu yilning 9–12 fevral kunlari Turkiyada yig'in o'tkazish rejalashtirilgan. “Lokomotiv” va “Paxtakor” navbatdagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini Turkiyada o'tkazishi va terma jamoa asosini aynan mana shu klub futbolchilari tashkil etishini inobatga olib, mamlakat termasining yig'ini ham o'sha erda bo'lib o'tadi. “Nasaf” 31 yanvar kuni o'tish bosqichida ishtirok etib, pley-off bosqichiga yo'l olsa, 7 fevral kuni safarda o'yin o'tkazadi. “Bunyodkor” ham 7 fevral kuni Qatarning “Al-Jaish” klubi bilan guruh bosqichi yo'llanmasi uchun kurashadi. SHundan so'ng ushbu klublarning bir necha vakillari ham terma jamoa yig'iniga qo'shiladi. Turkiyadagi yig'inda ikkita nazorat o'yini o'tkazishni rejalashtirganmiz. 12 fevral kuni Rossiya Premer-ligasi klublaridan biriga qarshi o'yin bo'ladi. Yana bir nazorat o'yini borasida tashkilotchilar muzokaralar olib bormoqda. SHu o'rinda, terma jamoa yig'inlarini tashkil qilishda yaqindan yordam bergan O'FF rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman”, – dedi O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi.

Eslatib o'tamiz, JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O'zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda. 

Reyting: -122   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика