So’nggi yangiliklar

12:01"Нефтчи" ёзги трансферлар ойнасидаги илк юришини амалга оширди   0 11:31Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши таркиби маълум  0 11:15Факт: "Қўқон-1912" Жиззахда ҳали ғалаба қозонмаган   0 10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  13 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  3 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  4 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  1 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  9 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  2 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  4 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  22 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0

Samvel Babayan: Yig'inda yoshlar va o'smirlar terma jamoasi futbolchilarini sinovdan o'tkazdik Yangiliklar

Samvel Babayan: Yig'inda yoshlar va o'smirlar terma jamoasi futbolchilarini sinovdan o'tkazdik

Teglar :  Samvel Babayan
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi ikkinchi davrasi oldidan Turkiyaning Antaliya shahrida 8–12 fevral kunlari navbatdagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazdi.

Yig'in davomida terma jamoa ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. 11 fevral kuni esa O'zbekiston termasi Armanistonning “Alashkert” klubiga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'zbekiston terma jamoasi vakillari bugun Toshkentga qaytib keladi. Bosh murabbiy Samvel Babayan bo'lib o'tgan yig'in yakunlari borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Terma jamoa uchun muhim va sifatili yig'in o'tkazildi. Asosiy maqsad – o'ziga yarasha yuqori darajadagi “Amkar” klubi bilan nazorat o'yini o'tkazish edi. Mazkur bellashuv fonida terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko'zdan kechirdik. Avval takidlaganimdek, “Amkar” bilan o'yin natijasi va futbolchilar xatti-harakatidan qoniqish hosil qildim. Asosiy tarkibdan tashqari zaxirani ham shakllantirdik. Yosh futbolchilar o'sishda davom etmoqda, ularga imkoniyat berildi.  Mazkur o'yinda maydonga tushganlar zaxira kuchi sanaladi. Hujum chizig'i esa saralash uchrashuvlaridagi asosiy potencialimizdir”, – dedi Babayan.

“Yig'in doirasida “Alashkert” bilan o'yin ham o'tkazildi. “Amkar” bilan o'yin nazorat o'yini bo'lsa, mazkur bellashuv mashg'ulot o'yini edi. Armaniston klubiga qarshi o'yinda “Amkar” bilan uchrashuvda ishtirok etgan futbolchilar maydonga tushmadi. Nesterov oilaviy sabablarga ko'ra yig'inni tark etdi, uning o'rniga “Metallurg” posboni Suhrob Sultonovni chaqirdik. SHuningdek, Otabek SHukurov Turkiyaga betob holatda keldi. U “Al-Jaish”ga qarshi OCHL o'yinida ham biroz shamollagan edi. Uning sog'lig'i bilan tavakkal qilishni istamadik va SHukurovga dam berdik.  “Lokomotiv” futbolchilari OCHL 1-tur o'yiniga tayyorgarlik ko'rayotgani sabab, ularni klub safiga jo'natib yubordik. Ular “Alashkert” bilan o'yinda ishtirok etmadi. Armaniston klubi bilan tajribaviy tarkibda o'ynadik. Bundan tashqari, Turkiyaga o'z klubi bilan kelgan o'smirlar va yoshlar terma jamoasi futbolchilarini sinovdan o'tkazdik”, – deya fikrini bayon qildi terma jamoa ustozi.

“Umuman olganda, yakuniga etgan yig'indan ko'nglim to'ldi. Bunday o'quv-mashg'ulotlar terma jamoa oldidagi vazifalarni bajarishda juda muhim sanaladi. Suriyaga qarshi o'yin oldidan klub bosh murabbiylari bilan kelishgan holda futbolchilarni 14–15 mart kunlari chaqiramiz va ehtimol 1 kunlik yig'in o'tkazamiz. Bir kunlik yig'inda jismoniy emas, asosan nazariy tayyorgarlikka etibor qaratiladi. Futbolchilar bilan doimo aloqada bo'lish katta ahamiyat kasb etadi. Bu o'z navbatida yigitlarga terma jamoa falsafasini yaxshiroq tushunishga ko'mak beradi”, – deya fikrini yakunladi Samvel Babayan.

Malumot o'rnida, Suriya va O'zbekiston o'rtasidagi JCH–2018 saralash bosqichi 6-tur uchrashuvi shu yilning 23 mart kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuvda Suriya nominal mezbon bo'lgani hamda mamlakatda siyosiy barqarorsizlik hukmronlik qilayotgani sababli OFK o'yinni neytral zona – Malayziyada o'tkazilishini taminladi. 

Mazkur bellashuv Malayziyaning Seremban shahridagi Tuanku Abdul Rahman Stadium stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to'plagan holda to'rtinchi o'rinni band qilib turibdi.

Reyting: -169   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика