So’nggi yangiliklar

01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  9 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:58А Серия. "Кальяри" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Samvel Babayan: "Yaman darvozaboni juda kuchli" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Yaman darvozaboni juda kuchli"

Yaman - O'zbekiston o'rtasidagi o'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan va Sardor Rashidov ishtirok etdi.

"Ertaga JCH-2018 saralashi doirasidagi navbatdagi o'yin bo'lib o'tadi. Bizga Toshkentda bizga etarlicha qarshilik ko'rsatgan jamoa raqiblik qiladi. Yaman o'tgan turda Filippin mehmoni bo'lib g'alabaga erisha oldi. Biz bu o'yinga etarlicha tayyorgarlik ko'rishimiz kerak, sababi bu bosqichda oson o'yinlar bo'lmaydi", - deydi Babayan.

"Yaman terma jamoasining Filippinga qarshi o'yinini ko'rib o'rganib chiqdik. Ular juda yaxshi o'ynashdi. Xudo xohlasa, ertaga biz g'alaba qozonamiz", - deydi Rashidov.

- Jamoalarning imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Tarkibda yo'qotishlar bormi?

- SHukurki tarkibimizdagi barcha sog'-salomat va hech qanday yo'qotishlar yo'q. Imokniyatlarga kelsak, to'g'ri bizning jamoa raqibdan ustunroq. Lekin Yaman tarkibida ham bir qator kuchli futbolchilar bor. Darvozabonni alohida takidlab o'tishim mumkin. Aynan uning harakatlari tufayli ham Yaman Filippinda g'alabaga erishdi.

- Sardor, siz jamoaning etakchi to'purarlaridan birisiz, oxirgi o'yinlarda ko'plab gol urdingiz. Lekin Yamanga gol ura olmadingiz. Buni qanday izohlaysiz.

Sardor Rashidov: - Futbol avvalo jamoaviy o'yin. Gol urishim yoki urmasligim katta ahamiyatga ega emas, asosiysi g'alabaga erishish. Yaman himoyachilari u qadar kuchli emas, Toshkentdagi o'yinda jamoam g'alaba qozondi, eng asosiysi shu.


O'FF matbuot xizmati

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика