So’nggi yangiliklar

09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  10 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  6

Samvel Babayan: "Xitoy hozir futbol rivojlanish markaziga aylangan" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Xitoy hozir futbol rivojlanish markaziga aylangan"

31 avgust kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralash uchrashuvlari doirasida Xitoy mehmoniga aylanadi.

"Ertangi o'yin ikki jamoa uchun juda muhim ahamiyatga ega, mamlakatimizda sport, futbol rivojlanishi uchun jahon chempionatida ishtirok etish orzuimizni amalga oshirmoqchimiz. Mundial uchun juda katta ishlar qilindi va vatanimizga yaxshi kayfiyatda qaytishga umid qilamiz. Xitoy ayni damda dunyo futbolining rivojlanish markaziga aylangan, Xitoy futbolda islohotlar o'tkazmoqda. Jamoamizda Xitoy ligasida to'p tepadigan futbolchilarimiz bor. Xitoy futbolining rivojlanishi mamlakat terma jamoasiga ham ijobiy tasir ko'rsatadi.

Xitoyga qarshi bahsdan oldin bizda bazi muammolar bor. SHunga qaramasdan, O'zbekistonga ijobiy natija bilan qaytishga umid qilyapmiz.

Toshkentdagi bahsdan so'ng Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyni o'zgartirdi. Marchello Lippini juda hurmat qilaman. U kelganidan so'ng, terma jamoada ijobiy o'zgarishlar bo'ldi.

Hozir ertangi bahs haqida bosh qotiryapmiz, Xitoy terma jamoasining o'yinini jiddiy o'rganib chiqdik. Bu bahsning natijasi guruhdagi vaziyatga tasir ko'rsatadi.

Uxanga kelishdan oldin, bu erdagi ob-havoni o'rgangan edim. Biroq etib kelganimizdan so'ng hayron bo'ldim. Havo juda yaxshi. Ertaga ikki jamoa ham tezkor o'yin ko'rsatishiga ishonaman.

Xitoy ligasidagi o'ynaydigan futbolchilarimiz ertaga maydonga tushadiganlarni jamoadoshlaridan yaxshiroq biladi" - deydi Samvel Babayan.


Matbuot-anjumanida O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov ham ishtirok etdi.

"Jamoadagi muhit juda yaxshi, ertaga biz uchun juda muhim o'yin. Uyda bo'ladigan Janubiy Koreyaga qarshi bahs ham katta ahamiyatga ega" - deydi Server Jeparov.

Reyting: -87   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика