Samvel Babayan "World Sports Group"ga intervyu berdi
02 mar 2015 16:11
Yangiliklar

Samvel Babayan "World Sports Group"ga intervyu berdi
Xabaringiz bor, mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" OCHL 2-turini safarda "Al SHabab"ga qarshi o'tkazadi.
Jamoa vakillari ayni paytda Saudiya Arabistonida bo'lib turishibdi va ertaga "Al SHabab"ga qarshi maydonga tushishadi. Mazkur bahs oldidan "Paxtakor" ustozi Samvel Babayan "World Sports Group"ga qisqacha intervyu berdi.
"Biz hozircha yuksak formada emasmiz, chunki O'zbekistonda hali mavsum boshlangani yo'q. Oliy liga uchrashuvlari start olganidan so'ng biz ham tezkor o'yin ko'rsatishni boshlaymiz. "Paxtakor" o'tgan mavsum 10-bor chempionlikni qo'lga kiritdi va o'z tarixida 12-marta Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etyapti. Bu biz uchun katta yutuq hisoblanadi", - deydi Samvel Vyacheslavovich.

Fikrlar