So’nggi yangiliklar

15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  5 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  0 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  3 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  7 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  8 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  9 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  14

Samvel Babayan: "Vaziyatlarning 20 foizidan foydalanganimizda hisob umuman boshqacha bo'lardi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Vaziyatlarning 20 foizidan foydalanganimizda hisob umuman boshqacha bo'lardi"

"Paxtakor" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.
"Agar imkoniyatlarning 20 foizidan foydalana olganimizda kayfiyatim yaxshiroq bo'lardi. Bugun juda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Biroq o'yin so'nggida jarima to'pidan so'ng qo'pol xatoga yo'l qo'yib gol o'tkazib yubordik. Ushbu vaziyatda bitta odamni aybdor qilishni istamayman. Bugun g'alaba qozondik, oldinga intilishda davom etamiz", - deb gap boshladi Babayan.

"Solievning tushishi hujumni kuchayishiga olib kelmadi. Lekin agar to'p o'tkazib yubormaganimizda bu almashtirish haqida gap bormasdi".

"To'g'ri Sergeev vaziyatlardan foydalanishda sovuqqon bo'la olmayapti. Biroq baribir uni maydonga tushiraveraman. U hali yosh, Igor nafaqat "Paxtakor"ning balki butun O'zbekistonning kelajagi hisoblanadi".

"Miladinovichning almashtirilishiga kelsak birinchidan u sariq kartochka oldi. Bundan tashqari raqib hujumchilarining tezligi yaxshi ekanligini bilardim, shu bois Boyanning o'rniga Hoshimovni tushirdim".

"Zaxiramizda Temur Hakimov, Abbos Maxstaliev, Jaloliddin Masharipov va Jamshid Boltaboev kabi futbolchilar bor. Ular istalgan paytda maydonga tushib o'yinni kuchaytira olishadi", - deydi Samvel Babayan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика