So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

"Samvel Babayan Ulug'bek Mirzaevga katta futbolga yo'llanma bergandi. Endi esa..." - "Navbahor" prezidentidan munosabat Yangiliklar

"Samvel Babayan Ulug'bek Mirzaevga katta futbolga yo'llanma bergandi. Endi esa..." - "Navbahor" prezidentidan munosabat

Kecha tongda saytimizda "Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev bilan katta intervyu elon qilindi.

Unda Farhod Mirahmatovning ijara shartnomasidagi muammolar, "Navbahor"ning "Bunyodkor" futbolchilariga bo'lgan qiziqishi hamda qarzdorligi to'g'risida gap borgan. Bu suhbat futbol ishqibozlari orasida qizg'in bahs va muhokamalarga sabab bo'ldi. SHundan keyin Namangan klubi rahbariyatining yuqoridagi mavzular bo'yicha fikri bilan qiziqdik. Quyida "Navbahor" prezidenti Otabek Samatov bilan intervyuni o'qishingiz mumkin.

 Assalomaleykum, Otabek aka. "Bunyodkor" tomonining takidlashi bo'yicha, Farhod Mirahmatovning transferida adolatsizlik bo'lgan. SHu voqeani batafsilroq tushuntirib berolasizmi?

— Avvalambor assalomu alaykum! To'g'risi, Ulug'bek Mirzaevning intervyusini ko'rganimda, ochig'i, hayron bo'ldim. CHunki “Bunyodkor” rahbari “Navbahor” klubi shaniga nojo'ya gaplarni aytgani meni ranjitdi. Mirahmatovning transferi bo'yicha hech qanday adolatsizlik bo'lmagan. Barchasi o'zaro kelishuv asosida amalga oshirilgan. Axir biz futbolchimizni tekinga berdik-ku, shartnoma imzolashdan avval rozi bo'lib, endi ommaga bu noto'g'ri, jentlmenlikmas, deyish jentlmenning gapimi? Bir tiyin pul to'lamasdan futbolchi olgandan keyin yana bizga qarshi o'yinga qo'yamiz deyish jentlmenlikka kiradimi? Mayli, bizga qarshi o'ynatsin, lekin shartnomada bu borada tegishli band kiritilgan va unga amal qilish kerak. Vaziyat shunchalikka borar ekan, nega etirozlarini shartnoma imzolayotganda aytishmagan? Bugungi kunda “Navbahor” faoliyati har taraflama halollik principlariga asoslangan va tabiiyki, adolatsizlik bo'lishiga yo'l qo'ymaymiz. Mirahmatov transferiga kelsak, davralar oralig'ida uning ijarasi bo'yicha ko'plab jamoalardan takliflar tushdi, ular ijara evaziga yaxshigina pul berishlarini aytishdi. Lekin Farhodning o'zi farzand kutayotganligini, shu bois oilasiga yaqinroq bo'lish maqsadida Toshkentda, “Bunyodkor”da to'p tepishni xohlayotganini aytdi va biz futbolchimizning xohishini birinchi o'ringa qo'ygan holda, uni “Bunyodkor”ga tekinga berishni maqul deb topdik. Mirahmatovning bizga qarshi o'yinlarda qatnashishi bo'yicha biz qo'ygan shartlarni ham to'g'ri tushunish, buni adolatsizlikka yo'ymaslik kerak. Axir biz reglamentga qarshi hech nima qilmadik-ku!

 Bunga qadar siz ijaraga olgan futbolchilar uchun boshqa klublar ham shunday shart qo'yganmidi? Yani o'zaro o'yinlarda o'ynatish taqiqini. 

— “Navbahor” shu paytgacha bir necha marta ayrim jamoalardan futbolchilarni ijaraga olgan bo'lsa, ko'pincha shunday talablarga to'qnash kelgan, lekin hech qachon buni adolatsizlik deb hisoblamagan, futbolchining transfer huquqiga ega bo'lgan tomon talablarini hurmat qilgan. SHunday ekan, nega endi vaziyat taqozo etgan paytda jamoamiz o'z shartlarini o'rtaga tashlamasligi kerak? Boz ustiga, bu shartlar shartnoma bandlarida keltirib o'tilgan bo'lsa.

Avvalroq Ulug'bek Mirzaev menga qo'ng'iroq qilganda, ushbu masala yuzasidan bafurja gaplashib olgandik. Suhbat payti o'ziga qo'ysa, Farhod Mirahmatovni olishni xohlamagani, faqat murabbiylar xohlagani uchun shu futbolchini olishga majbur bo'lganini aytgandi. Endi esa aynan shu futbolchini bizga qarshi o'ynata olmaganidan jahli chiqayotganini qanday tushunish mumkin? Umuman, klub rahbari boshqalar shaniga nojo'ya so'zlar aytgandan ko'ra, futbolchilar va murabbiylarga qulay sharoit yaratib berishga ko'proq etibor qaratsa yaxshi bo'lardi. Jamoa g'alaba qozonganda, futbolchilar va murabbiylarni shunga yarasha har tomonlama rag'batlantirish kerak emasmi?

Demak, bu holatda shunday tasavvur uyg'onyaptiki, go'yo Ulug'bek Mirzaevni 35 mln.ning to'lanmagani yoki Mirahmatovni "Navbahor"ga qarshi o'ynata olmayotgani emas, balki hozir ayrim etakchi futbolchilari bilan shartnomani yangilay olmayotgani ko'proq alamzada qilgan ko'rinadi. Buning tasirida esa boshqa narsalarni misol qilib, bizni aybdor qilib ko'rsatmoqchiga o'xshaydi. Futbolchilarning jamoa bilan shartnoma imzolashni istamayotgani, rahbarga ishonchi yo'qligini bildiradi.

 Ulug'bek Mirzaev bu ishni Babayanning uslubi deb atadi. Rostan ham bu fikr Samvel Vyacheslavovichdan chiqqanmidi?

— Samvel Vyacheslavovich qaerda ishlamasin, hamisha jamoasi bilan maksimal natijalarga erishishga urinadi va buni amalda uddalaydi ham. Uning “Paxtakor” va “Lokomotiv”da erishgan yutuqlari bunga yaqqol misol bo'lishi mumkin. U bugun “Navbahor”da ham ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirish uchun astoydil intilmoqda. Muayyan futbolchilar, umuman, jamoaga bog'liq masalalar esa rahbariyat va murabbiylar shtabining o'zaro kelishuviga asosan amalga oshirildi. Demak, Mirahmatovning holati bo'yicha vaziyatda barchasini Babayan uslubiga yo'yish noto'g'ri bo'ladi. “Navbahor” professional klub, bizda barchasi birgina insonning gapiga qarab amalga oshirilmaydi. Barcha ishni masullar ishtirokida bamaslahat hal qilamiz.

Bu o'rinda “Bunyodkor” rahbari barchasida Babayanni aybdor qilib ko'rsatayotgani ham g'alati. Samvel Vyacheslavovich Ulug'bek Mirzaev bilan ushbu masala yuzasidan suhbatlashganda, o'zini bosib olishi kerakligini, arzimagan narsalar sabab hamkasblari bilan janjallashmaslikni maslahat berib, haqiqiy Ustozligini ko'rsatib qo'ydi. Axir u “Andijon”da ishlayotgan payt aynan Babayan uni “Paxtakor” matbuot kotibligiga taklif qilib, boshqa ko'plab murabbiylar, futbolchilar va media vakillari singari unga ham katta futbolga yo'llanma bergandi. SHu emasmi aslida haqiqiy jentlmenlik? Bizda “Ustoz otangdek ulug'” deb bejiz aytilmagan, Ustozlarga hurmat bizning vujudimizga ona suti bilan kiradi, axir ota-onalarimiz Ustozlarga ehtiyotkorlik va hurmat bilan munosabatda bo'lishni o'rgatishadi-ku!

Babayan "Navbahor"da maslahatchi murabbiy sifatida ish boshlagani aytildi. Bilamizki, u juda ham yaxshi tashkilotchi va menejer hisoblanadi. U jamoaning transferlarida ham ishtirok etadimi?

— Yuqorida aytganimdek, bizda hamma ish rahbariyat va murabbiylar shtabidagilar o'zaro maslahatlashganidan so'ng amalga oshiriladi. Samvel Vyacheslavovichning ham shu shtabdan o'rin olganini inobatga olsak, uning ham transferlar jarayonida ishtirok etishi tabiiy hol.

Ulug'bek Mirzaev "Navbahor" rahbariyatining harakatlari jentlmenlikka zidligi aytdi. Bunga munosabatingiz qanday?

— Dastavval Ulug'bek Mirzaevning intervyu payti “Navbahor”da boshqa jamoalarga nisbatan salbiy munosabat shakllanib qolgan” deganiga etibor bersak. Bu jiddiy ayblov. Umuman, qaysidir klub rahbarining boshqa jamoalarning ham nomidan gapirishi juda g'alati emasmi? To'g'ri tushunishimiz kerak, muayyan bir jamoa bilan kelishuv payti qaysidir futbolchini bizga qarshi maydonga tushirish masalasida shart qo'yishimiz ularni hurmat qilmasligimizni anglatmaydi, buni jentlmenlikka zid deyish noto'g'ri. Klubimiz barcha jamoalarni, ular bilan hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Futbolda esa tez-tez muzokaralar o'tkaziladi va ular har doim ham qaysidir tomon xohlagandek yakunlanavermaydi. Umuman, “Navbahor”da faoliyat boshlaganimdan beri ko'plab klub rahbarlari bilan do'stona aloqalarni yo'lga qo'ydik, zarur yordam kerak bo'lgan pallada, qaysidir masalalarda ularga bajonidil ko'maklashdik va evaziga rahmatlarni eshitdik. Gap aynan qaysi jamoalar haqida borayotganiga to'xtalmayman, aks holda, ayrimlar buni ham noto'g'ri talqin qilishlari mumkin.

Etibor bering, biz tekinga futbolchi beryapmizda, buning evaziga rahmat o'rniga haqorat eshityapmiz. Ulug'bek Mirzaev o'z jamoasida futbolchimizni tekinga o'ynatmoqda, lekin buning uchun minnatdorchilik bildirish o'rniga... Bu erda kim jentlmenlikka zid ish qilyapti? Uning shu harakatlari jentlmenlik deyiladimi? Futbolchimizni tekinga bergandan keyin uning jamoamizga qarshi o'yinlarda maydonga tushishi bo'yicha shart qo'yishga haqqimiz bor. Ulug'bek Mirzaev avval o'zi jentlmenlarga xos ish qilib, keyin buni boshqalardan talab qilsa, yaxshiroq bo'lardi. Aytdim-ku, Mirahmatovning ijarasi uchun pul berishga tayyor jamoalar bor edi, lekin biz uni “Bunyodkor”ga tekinga berdik. Xo'sh, kim bu erda jentlmen?

Bir paytlari “Paxtakor”dan SHohruh Mahmudhojievni ijaraga olganmiz, TEKINga emas, uning ijarasi uchun yaxshigina pul to'laganmiz. SHunda ham ularga qarshi o'yinlarda bu futbolchini maydonga tushirmasligimizni shart qilib qo'yishgandi. Boshqa jamoalardan ijaraga futbolchi olganimizda ham shunday shartlar ko'p bo'lgan. Biz bunga futboldagi oddiy holat sifatida qaraganmiz, talabni to'g'ri qabul qilganmiz, ularga jentlmenlikdan dars berishga harakat qilmagandik.

Umuman, futbolda Korporativ Birdamlik, fikrdoshlik degan narsa bor, biz hamkasblar bilan kundalik ish jarayonimizga taalluqli turli mavzularda tez-tez fikr almashamiz, qaysidir jihatlar bo'yicha tajriba almashamiz, qaerdadir bahslashamiz, lekin hech bir hamkasbimiz ikki rahbar o'rtasidagi gap-so'zlarni, garchi u bahsli masalada bo'lsa ham, bu gaplarning matbuotda chop etilishiga sababchi bo'lganini hech qachon ko'rmaganman. Bu ko'proq o'zini piar qilishga o'xshamoqda, Korporativ Etika va Birdamlikni esa mensimaslik ko'zga tashlanmoqda. Axir bu jentlmenlikmi?

Mirjahon Mirahmadov va Nurillo To'xtasinovga klubni ogohlantirmay, taklif bilan chiqqaningiz rostmi?

— Ushbu futbolchilarning shartnomalari yakunlanishiga 6 oy muddat qolganidan xabar topgach, ular bilan, aniqrog'i, agentlari bilan muzokaraga kirishmoqchi bo'ldik. Futbolchilar bilan shu masalada aloqaga chiqqanimizda, klub rahbariyatiga murojaat etishimiz kerakligini aytishdi. Tegishli tartibda “Bunyodkor”ga Mirahmadov va To'tasinovning transferi bo'yicha rasmiy xat jo'natdik. Umuman olganda, Nurillo To'xtasinovga o'tgan yili ham qiziqish bildirgandik, uni sotib olish masalasida “Bunyodkor”ga xat jo'natgandik. Bu safar ham barchasini belgilangan tartib asosida amalga oshirishga harakat qildik, reglament, professionallik yoki jentlmenlikka zid biror ish qilmadik.

Mirahmadovning transferi "Navbahor" "Bunyodkor" oldidagi qarzini uzmay kelayotgani tufayli amalga oshmabdi. Klub qay tariqa Toshkent klubidan qarzdor bo'lib qolgan?

— Ushbu qarzdorlikning vujudga kelishiga sababchi bo'lganlar bugun klubda ishlashmayapti. Afsuski, o'z vaqtida, tizimning noto'g'ri yo'lga qo'yilishi oqibatida mana shunday qarzlarning vujudga kelgani achinarli hol. Gap shundaki, o'shanda “Bunyodkor”dan 3 nafar futbolchi yarim mavsumga ijaraga olingan. Eng qizig'i, bu futbolchilar jamoaning o'sha paytdagi yoshlar (o'rinbosarlar, dublyor) jamoasiga olingan. Tasavvur qiling, yoshlar jamoasiga 35 mln.ga boshqa jamoadan futbolchi olib kelib o'ynatmoqchi bo'lishgan. Ko'rinib turibdiki, kimlardir shu tariqa moliyaviy manfaatni, oson yo'l bilan daromad orttirishni ko'zlaganga o'xshaydi, aks holda, o'zimizda shuncha yoshlar bo'laturib, boshqa erdan o'yinchi olib kelinishini yana qanday tushunish mumkin? Ushbu masala hamon o'rganib chiqilmoqda, “Bunyodkor”dan yil oxirigacha muxlat so'raganimizning sababi ham shu.

 Qarz masalasida. "Paxtakor" Aziz Turg'unboevning transferi bo'yicha to'lovlarni amalga oshirdimi?

— “Paxtakor” biz bilan to'liq hisob-kitob qilgan, shunday ekan, bu klubning bizdan qarzdor ekanligi haqidagi gaplar ham mish-mishdan boshqa narsa emas.

 Bilamiz, "Navbahor" ambiciyalari juda katta klub. Rahbariyat tarkibni kuchaytirishga harakat qilyapti. Qishki transfer oynasida shov-shuvli transfer ko'ramizmi? Sir bo'lmasa, klub qaysi futbolchilarni ko'z ostiga olib qo'ygan?

— To'g'ri, “Navbahor” har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Katta natijalarga erishish esa tarkibni kuchaytirish zaruratini vujudga keltiradi. Umuman olganda, hozir qishki transferlar haqida gapirishga erta, zero ikkinchi davraning ko'p o'yinlari hali oldinda. SHunga qaramay, aytishim mumkinki, ko'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilar bor, ular bilan muzokaralar davom etmoqda. Gap aynan qaysi futbolchilar haqida borayotganini hozir aytmaganim maqul, yana ortiqcha gap-so'zlar ko'paymasin. Vaqti kelib, bu borada albatta malumot beriladi.

Bundan tashqari, shuni mamnuniyat bilan takidlamoqchimanki, joriy mavsum “Navbahor”ning farm, U-21, U-18 jamoalarida juda ko'plab futbolchilar o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishmoqda, murabbiylarimiz ularni muntazam kuzatib borishmoqda. Ushbu futbolchilarning aksariyatini keyingi yildan asosiy tarkibda ko'rishimiz mumkin, hozirda ularning ko'pchiligi asosiy jamoa mashg'ulotlarida qatnashishmoqda, katta yoshli futbolchilar va malakali murabbiylardan o'zlariga kerakli bo'lgan tajribani o'rganishmoqda. Bir so'z bilan aytganda, ularning asosiy jamoadagi adaptaciya jarayoni yaxshi o'tishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Hali bu futbolchilar asosiy tarkibga o'tishganidan keyin chetdan o'yinchi olib kelishga ehtiyoj qolmaydi, “Navbahor” asosini ham klub tarbiyalanuvchilari tashkil etadi.

— Suhbat oxirida qo'shimcha fikrlaringiz bo'lsa, bemalol...

— Yuqorida takidlaganimdek, “Navbahor” o'zbek futboliga daxldor har bir tashkilot, klub vakillari va mutasaddilarni hurmat qiladi, ular bilan o'rnatilgan hamkorlikni qadrlaydi. Albatta, biz jamoamiz manfaatlarini, “Navbahor”ning jonkuyar muxlislari manfaatini birinchi o'ringa qo'yamiz. Mavjud masalalarni O'FA hamda PFL tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq tarzda amalga oshirishga intilamiz va buni amalda uddalayapmiz. SHunday ekan, futbol jamoatchiligidan “Navbahor” haqida kimdir turli nojo'ya fikrlarni bildirganda, vaziyatni yaxshilab o'rganib, keyin xulosa chiqarishlarini so'rab qolaman. Klubimizda hamma ish professional tarzda yo'lga qo'yilgan va bu borada bizga nisbatan noto'g'ri ayblov bildirishga hech kimning haqqi yo'q.

Biz jamoamizda mehnat qilayotgan murabbiylar va tarkibdagi futbolchilarga ishonamiz. Barchamiz jamoaning g'alabalarga erishishi uchun astoydil mehnat qilyapmiz. Bu say-harakatlar vaqti kelib samara berishiga ishonchim komil. Qolaversa, bizni har doim qo'llab-quvvatlab turadigan fidoyi muxlislarimiz bor, fursatdan foydalanib, ularga sihat-salomatlik va oilaviy totuvlik tilayman. “Navbahor”ga ishqibozlik qilishdan aslo charchashmasin.

"Navbahor" rahbariyati jentlmenlik qilmadi" — Ulug'bek Mirzaev

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика