So’nggi yangiliklar

00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  0 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  1 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  6 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  2 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  4 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0

Samvel Babayan: "To'rtta sovrin yutmoqchimiz, shulardan biri - Superkubok" Yangiliklar

Samvel Babayan: "To'rtta sovrin yutmoqchimiz, shulardan biri - Superkubok"

O'zbekiston Superkubogidan oldingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi Samvel Babayan va Vladimir Kozak ishtirok etishdi.

- Ertangi o'yin siz uchun qanchalik muhim? Oddiy o'yinmi yoki sovrin yutish uchunmi?

- Mavsum davomida 4ta musobaqada ishtirok etamiz. Superkubok o'yinini ajratishni istamaymiz. Mavsum avvalida sovrin yutishni barcha istaydi. SHu bois muhim va qiyin o'yin kutayapmiz.


- OCHL doirasidagi "Al SHabab"ga qarshi o'yindan so'ng yigitlar qanchalik tiklana olishdi?

- Futbolchilar Saudiya Arabistonida yaxshi o'yin o'tkazib qaytishdi. Ularni imkon qadar tezroq Toshkentga olib keldik. CHarter reys tashkil etib futbolchilar to'g'ri yurtimizga qaytib kelishdi. Ertangi o'yinga barcha yigitlar tayyor.


- Siz O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildingiz. Bu ertangi o'yin oldidan va umuman mavsum oldidan sizga qo'shimcha bosim o'tkazmaydimi?

- Avvalo barchaga rahmat aytmoqchiman. Tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman. SHaxsan men uchun bu dastlabki individual sovrin bo'ldi. Bu sovrin butun "Paxtakor"niki.


- Sizni jarohat olgan, kasal deyishgandi. O'yinda maydonga tushdingiz. Hammasi ortda qoldimi?

Vladimir Kozak: - Ha qishda kichik jarohatim bor edi. Biroq barchasi ortda qoldi. O'yinlarga tayyorman. O'zimni boshqa klub libosida tasavvur qila olmayman. O'zbekistonda faqat "Paxtakor"da o'ynayman.


- Bitta o'yin, bitta sovrin. "Lokomotiv"ni raqib sifatida qanchalik o'rganib chiqdingiz?

- To'g'ri takidladingiz, bitta o'yin va sovrin yutish mumkin. "Lokomotiv" juda kuchli raqib. Ular tarkibga 8 nafar yangi futbolchini qo'shib olishdi. "Temiryo'lchilar" ham sovrin uchun kurashishlari aniq.


- "Al SHabab" bilan o'yinda himoyada anchagina xatolar bo'ldi. Yigitlar nima bo'lganini tushuntirib berishdimi? Xato takrorlanmaydimi?

- To'g'ri o'sha o'yinda tajribali himoyachilarimiz xato qilishdi. Qandaydir bosim bordek harakat qilishdi. Ammo barcha bilan gaplashib oldik, ular o'z xatolarini tan olishdi. 


- Ertangi o'yin uchun qanday reja tuzdingiz? Tezda hujumkor o'yin taklif qilasizmi?

- Agar hozir o'z rejamizni aytsam, OAV orqali bu malum bo'ladi. Ertangi bahsga o'z rejamiz bor, faqat buni o'yinning o'zida ko'rishingiz mumkin. 


- So'nggi paytlarda "Paxtakor" irodali jamoaga aylanib bormoqda. Bunga qanday erishilmoqda?

- Futbol vaziyatli o'yin, siz kutmagan holat bo'lishi mumkin. Yoki kutmagan holatda gol urishingiz mumkin. Bunga qanday erishdik? Buning asosiy sababi deyarli barcha yigitlar "Paxtakor"da o'sishgan, shu bois ham barcha futbolchilar maydonga bor kuchlarini tashlab ketishmoqda.


- Igor Sergeev olimpiya va milliy terma jamoasiga asosiy nomzod hisoblanadi. U yo'q paytida maydonga tushirish mumkin bo'lgan Pardaev, Alimov va Soliev kabi hujumchilarga ertaga o'yin amaliyotini berishingiz mumkinmi?

- Albatta, ertaga tarkibda bir qator o'zgarishlari bo'lishi aniq. Bunga vada bera olaman. Sababi o'tgan ikkita o'yinda maydonga tushmagan barcha futbolchilar maydonga tushishga tayyorlar, ular ham asosiy tarkibda o'ynashga loyiq.

Sergeevga kelsak, u juda ham universal o'yinchi. Zamonaviy hujumchi degan nomga Igor to'la loyiq. U ham 8 yoshida klubga kelgan. U "Paxtakor"da o'sdi, katta bo'ldi va hozir milliy terma jamoa hujumchisi. Yaqin orada Igor Osiyoning eng kuchli hujumchisi bo'lishi mumkin.


- Ertaga qo'shimcha vaqt va penaltilar seriyasi bo'lishi mumkin. Jamoa bunga tayyormi?

- Albatta, barchasiga tayyormiz. Penaltilar seriyasi lotoreya. Yigitlar buning ustida ham ishlashmoqda.


- Adnan Oraxovacning o'yini borasida nima deya olasiz? Jamshid Iskanderovning jismoniy holati qanday?

- Oraxovac borasida nima deya olaman. Bizda uning darajasidagi himoyachilar yo'q. SHu bois ham Adnanni o'z safimizga qo'shib oldik. Agar menga "CHelsi"dan Branislav Ivanovichni taklif qilishsa rad qilmasdim. Ammo vaziyatdan kelib chiqamiz. Kamoliddin Tojievning jarohati tufayli Oraxovac darhol asosiy tarkibga kirdi. Mashg'ulotlar vaqtida u o'z ustida tinimsiz ishlamoqda.

Iskanderov esa "Al SHabab" bilan bahsda istimasi chiqqani tufayli o'z imkoniyatini namoyish eta olmadi. U Osiyo Kubogi tufayli klub bilan yig'inlarda ishtirok etmadi, hali jamoaga to'liq qo'shilib keta olmadi.


- Akbar Ismatullaev Aziz Haydarov va Odil Ahmedovdan keyingi tayanch yarim himoyachisi bo'lishi kerak edi. Nima uchun Akbar o'sha darajaga chiqa olmayapti?

- U juda ham yoshligidan "Paxtakor"da o'ynay boshlagan. Akbar juda ham yaxshi futbolchi, kelajakda undan ham yaxshi yarim himoyachi chiqadi. Bunga ishonaman.


- Olimpiya terma jamoasi Vetnamga uchib ketadi. SHu o'yin bizga kerakmi?

- Kecha barcha eshitdi. Asosiy maqsad Olimpiadaga chiqish. SHu sababli terma jamoa murabbiylariga rad javobini bera olmaymiz. Futbolchilarimizni taklif qilishsa ularni qo'yib yuboramiz.


- Olimpiada chiqish bosh maqsad qilib qo'yildi. Endi deyarli har ikki oyda yig'in bo'lishi mumkin. "Paxtakor" Olimpiada yo'lida chempionlikni qurbonlik qilishi mumkinmi?

- 8 martdan keyin Terma jamoalar markazida murabbiylar qo'mitasi bilan majlis bo'ladi. O'sha erda barcha masala ko'rib chiqiladi. Olimpiya terma jamoasidan 5 nafar va undan ko'p futbolchi chaqiruv olsa o'yinimizni qoldirish huquqiga egamiz. 2013 yil 6 ochko tufayli chempion bo'la olmagandik, shu bois bu yil hech nima qurbonlik qilinmaydi va ish olib boriladi.


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика