So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Samvel Babayan Tailand va Eronga qarshi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilarni elon qildi Yangiliklar

Samvel Babayan Tailand va Eronga qarshi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilarni elon qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida Tehron shahrida Eron termasi bilan to'qnash keladi.

Undan avval esa terma jamoa Toshkentda Tailandga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bo'lajak o'yinlarga 28 futbolchini jalb qildi. Quyida ular bilan tanishing:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”);

Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Anzur Ismoilov (“CHanchun Yatay”, Xitoy), Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Islomjon Qobilov (“Metallurg”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo'qon-1912”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Akmal SHorahmedov (“Nasaf”);

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”), Server Jeparov (“Istiqlol”, Eron), Javohir Siddiqov (“Qo'qon-1912”), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Azizjon G'aniev (“Nasaf”), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya), Odil Hamrobekov (“Nasaf”);

Hujumchilar:  Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston).



O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar himoyachisi – Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv” Toshkent), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva) hamda Aleksandr Merzlyakov (“Qo'qon-1912”) klub mashg'ulotlarida orttirib olgan jarohatlari tufayli Tailand va Eronga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda Tailandga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Bellashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Eronga qarshi uchrashuv esa 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

Malumot uchun, JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O'zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика