So’nggi yangiliklar

10:53Бугун Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилади. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада  2 10:22«Шўртан» «Пахтакор» тарбияланувчиси билан шартнома тузди  0 09:50Шомуродов «Рома» сафида энг яхши натижани қайд этмоқда  4 09:22Ўртоқлик учрашуви. «Қалдирғочлар» навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  0 08:56Клаудио Раньери навбатдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3 08:28Ўзбекистон футзал терма жамоасининг яна бир аъзоси легионерга айланди  0 08:00Моуринью «Галатасарой» мураббийлари ва футболчиларини маймун деб атади. «Галатасарой» бу бўйича ФИФАга арз қилмоқчи  9 07:33Sofascore. Гол ва ассист қайд этган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳо олди?  2 07:03Элдор Шомуродов кечаги ўйинда қандай статистика қайд этди?  4 06:55Серия А. "Рома" - "Монца" 4:0, Шомуродовда 1+1  1 02:38А Серия. "Рома" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол+пас  53 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  7 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  9 23:19Ишчиларни камайтираётган МЮ энди ходимлар учун бепул тушликларни ҳам бекор қилмоқчи  9 22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  1

Samvel Babayan: "Paxtakor"da o'yin uslubi yo'q. Jamoani faqatgina bir inson qutqarmoqda" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Paxtakor"da o'yin uslubi yo'q. Jamoani faqatgina bir inson qutqarmoqda"

Coca Cola Superligasi 16-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.



- CHempionatdagi eng asosiy o'yin haqida nima ham deyish mumkin. Muxlislarimiz oldida mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. Birinchi bo'lim biz uchun "proval" tarzda o'tdi. Bir qancha futbolchilar o'z vazifasini bajara olmadi, kurashlarda mag'lub bo'ldi. Bularning fakti o'tkazib yuborilgan ikki gol. Ikkinchi bo'limda nimalarnidir to'g'rilay oldik. Ha, balki, o'yinda oldindan o'ylangan hech nima qilingani yo'q, deb bemalol aytsam bo'ladi. O'yinda asosan hissiyotlar birinchi o'rinda turdi. Gol urdik, vaziyatdan chiqib ketishimiz uchun yana vaziyatlar bo'ldi. Albatta, mag'lubiyatga loyiq emasdik. Ochiq aytaman, ikkinchi o'yinda ham durangga loyiq bahs bo'ldi. Toshkentda ham, bu erda ham omad kelmadi. Ikkita durangga mos o'yinda biz raqibga mag'lub bo'lyapmiz. CHempionlik uchun kurashni biroz qiyinlashtirdik. Biroq oldinda hali 10ta o'yin bor. Barchasini taxlil qilgan holda jamoani tayyorlaymiz. Afsuski, o'yindan keyin bunday emociyalar bo'lishini istamagandik. Endi bu holatni to'g'rilashimiz kerak. O'yin oldidan bo'lgan ajiotaj va atmosferaning barchasi ayni damda "Navbahor" sharafini himoya qilayotgan futbolchilar sababli. Ha, bugun o'xshamadi. Sabablarini hali ko'rib chiqishimiz kerak. Yigitlar juda ko'p ishlashadi, mehnat qilishadi. Ammo Bekobodda so'nggi daqiqada g'alabani qo'ldan chiqardik. Afsuski, futbolda shunday "proval" holatlar ham bo'lib turadi. Biroq takrorlayman, bu erda ruhi tushmaydigan, shani uchun kurashadigan futbolchilar yig'ilgan.

- Jamoaning g'alabasiz o'yinlari seriyasi ikkitaga etdi. Bu OCHL o'yinidan oldin havotirli emasmi? OCHL bahsiga alohida rejalar tuzilganmi?

- OCHL o'yiniga qadar Kubok bahsini o'tkazishimiz kerak. Xalqaro maydon uchun tayyorgarlikni Kubok o'yinidan keyin boshlaymiz. Hozir bizda sensacion natijalar ko'paydi. SHu sababli biz ham Nukusda kurashishimiz kerak. Oddiy o'yinlar yo'q, u erda ham asosiy tarkibimiz bilan o'ynaymiz.

- "Navbahor" ushbu mavsum grand jamoalarni mag'lub eta olmadi. Bunga nima sabab bo'lmoqda?

- Haqiqatdan ham bu muammo. Kuchli to'rtlikdan tashqari qolgan barcha jamoalarni mag'lub etdik. Barchasi ruhiy tayyorgarlikka bog'liq. Navbatdagi o'yinga qadar ishlar to'g'rilanadi va kelasi bahsda barchasi ko'rina boshlaydi. 

- "Navbahor" o'yindan oldin "Paxtakor"ning uch himoyachi bilan o'ynashiga tayyorlanganmidi yoki to'rt himoyachi?

- Professional savol. To'g'risini aytsam, tayyorgarlikda bu inobatga olinmaydi. Odamlar jamoalarda 5-6 xil uslub bo'lishi kerak deb hisoblashini eshitganman. Ammo o'tgan 3-4 yil davomida jamoalarda ko'plab murabbiylar o'zgardi. Bu erda muammo butun bir sxemada yoki rejada emas. Butun bir jamoani birgina inson olib chiqib ketishi mumkin - bu jamoa sardori. U jamoani barcha vaziyatdan olib chiqib ketmoqda. Buni bilardik, ammo u bugun ham gol urdi va asosiy figuraga aylandi. U jamoaning asosiy devori. CHeransiz "Paxtakor"ni Samarqandda ko'rdik. Birinchi bo'limning o'zida jamoa uchta gol o'tkazib yubordi. SHu sababli tan olish kerak, CHeranning etakchilik salohiyati sababli "Paxtakor" bir necha yillardan buyon natija qilib kelmoqda. 

- CHeran kabi legionerni olib kelish uchun "Navbahor"ga nima etishmayapti?

- Bizdagi barcha legionerlarning saviyasi normal darajada. Hujum chizig'imizda esa faqatgina bir futbolchi bor - Toma Tabatadze. Hujumkor futbolchilarimizning barchasi terma jamoada o'ynashadi. Jamoaga legioner olib kelishdan mantiq ko'rmayapman. Bugun O'runov jarohat oldi va almashtirildi. Qolgan hujumkor futbolchilar ham o'z darajasidan pastroq o'ynadi. SHu sababli hujum chizig'ini kuchaytirishdan mani yo'q deb hisoblayman. Tabatadze bugun gol urdi. U jamoamiz uchun muhim futbolchi.

- Futbolchilar maydonda xato qilishdan qo'rqib o'ynagandek tuyuldi?

- "Navbahor" futbolchisida doimo bosim bor va bo'ladi, har qanday holatda. Muxlislarga to'la stadionni xursand qilish uchun barchada katta ishtiyoq bo'lishi kerak. Bu esa futbolchilarimizga tasir o'tkazishi kerak. SHu boisdan barcha futbolchilar bosimni his qilib turishadi.

- "Navbahor" mana ikkinchi mavsumdirki, qanot himoyachilari bo'lmagan futbolchilarni qanotda o'ynatmoqda. Siz o'zingizga kerakli qanot himoyachilarini topa olmayapsizmi yoki boshqa sabab bormi?

- Bugungi o'yindagi asosiy muammo - birinchi golda chap qanot himoyasidagi qoniqarsiz o'yin. Bu fakt. "Paxtakor"da CHeran kabi muhim bo'lgan Alijonov chap qanotimizni yondirib ketdi. Ha, aynan qanotlar sababli raqiblar ko'plab hujumlar qilishdi. Davron Hoshimov jarohati sababli o'yinda ishtirok eta olmadi. Bu ham biz uchun muammo bo'ldi.

Reyting: -97   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика