So’nggi yangiliklar

18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  5 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  0 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  3 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  21 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  44 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  4 15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  4 14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  5 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  5 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  6

Samvel Babayan: "O'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida mag'lub bo'lish ikki baravar og'ir" Yangiliklar

Samvel Babayan: "O'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida mag'lub bo'lish ikki baravar og'ir"

"Navbahor" hamda "Nasaf" o'rtasidagi Superliganing 22-tur o'yinidan (0:1) so'ng mezbonlar ustozi Samvel Babayan bahs haqida fikr bildirdi.

Samvel Babayan: "Bugun mamlakatimizning ikki eng kuchli jamoasi to'qnash keldi. O'yin qiziq o'tdi. Afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Natija adolatli deya olmayman. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Yomon o'yin ko'rsatmadik. O'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida mag'lub bo'lish ikki baravar og'ir. Natija uchun hammadan uzr so'rayman. Yigitlarga etiroz yo'q, baxtga qarshi bugun omad bizdan yuz o'girdi".

- Klub matbuoti jarohat olganlar haqida malumot bermaydi. Tabatadze qaerda, Hoshimovga nima bo'ldi... Bugun Yaxshiboev haqida so'radik. Jamoa shifokorining ishi sizni qoniqtiryaptimi?

Adashmasam, bugun Mo'minov maydonga tushdi. Jamoada yangilar tushishidan xursandman. Hujumda shunday yigitlar bormi?

- Tabatadze qaytishga yaqin, Jokich bugun maydonga tushdi. Muddatidan avval ularni o'ynata olmaymiz. Tiklanish jarayoni ketyapti. Afsuski, Tabatadzeni kubok yarim finalida maydonga tushirib, uning jarohatini og'irlashtirib oldik. Yaxshiboev ham davolanyapti. Hoshimovning operaciyasi muvaffaqiyatli o'tdi, ammo bu yil bizga yordam bera olmaydi.

Mo'minovga keladigan bo'lsak, u "Navbahor"ning iqtidorli yigitlaridan biri. Jamoa kelajagi. Bugun uni maydonga tushirishga majbur bo'ldik, vaziyatlarda yomon ko'rinmadi, assist muallifi bo'lishi mumkin edi. Iqtidorli yigitlarimiz etarlicha. 4 nafar futbolchi JCHda "Navbahor" safidan ishtirok etadi.

- Oston O'runov jarohat bilan o'ynashga majbur bo'lyapti. Uning holati qanday?

- U asosiy tarkib va terma jamoa futbolchisi. Oston og'riq bilan maydonga tushyapti. U jamoaga yordam berishni xohlayapti. Barcha muhim o'yinlarda jamoamiz mag'lubiyatga munosib emasdi. Omadimiz kelmayapti. Qaerdadir omadimiz kelishi kerak-ku. Aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak. Bugun zaxiramizdan to'liq foydalandik, tan olish kerak, bor kuchimiz shu. Yigitlar o'yin davomida yaxshi harakat qilishdi. Afsuski, to'p raqib darvozasiga kirmayapti. Bu futbol. Balki keyingi bahslarda omad kular.

- Bugungi "Navbahor"da eng yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Superligada mavsum yakunlanyapti, nega jamoada barqaror kutilgan o'yin yo'q?

- Biz uchta frontda kurashishga harakat qildik. Afsuski, bizdagi tarkib barcha turnirlarda bir xil o'ynashga imkon bermadi. Uch frontda kurashish qiyin. Ruhan va jismonan tiklanish va tayyorlanish qiyin bo'ldi. Bu vaziyatda nima qilish kerak? Muhim bahslarda o'yinni kuchaytira oladigan yoshlarni tayyorlash kerak.


Reyting: -56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика