So’nggi yangiliklar

22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  0 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  58 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  3 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  16 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5

Samvel Babayan: "O'yinni boshidan oxirigacha nazorat qildik. Hamrobekovdek o'yinchi har bir murabbiyning orzusi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "O'yinni boshidan oxirigacha nazorat qildik. Hamrobekovdek o'yinchi har bir murabbiyning orzusi"

Superliga-2024 birinchi turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Barcha "Navbahor" muxlislarini tabriklayman. Bugun bir muhim narsani aytmoqchi edim. Ikki yildan beri Namanganda faoliyat olib bormoqdaman. Hokimimizning etibori bilan biz o'zimizning eng yuqori cho'qqimizga chiqdik. Bu 22 fevral kuni Jidda shahridagi o'yin edi. Bu o'ta katta mehnat natijasi. "Navbahor" sovrinlar yutadigan jamoaga aylandi. Osiyoning nomdor klublari orasida qayd etildi. Bunga birinchi sababchi albatta hokimimiz – SHavkatjon SHokirjonovich. Otabek Samatov ham klub uchun ulkan ish qildi. Bundan tashqari, jamoa murabbiylar shtabi ham mehnat qilishdi. Endi yangi sarguzasht boshlanmoqda. Bugun biz yangi "Navbahor"ni ko'rdik. Bu jamoa o'z falsafasiga ko'ra, sovrinlar qo'lga kiritishni, Osiyo elitasida bo'lishni istaydi. Uchrashuvga kelsak, o'yinni boshidan oxirigacha nazarat qildik. Vaziyatlarni yakunlashdan tashqari, qolgan holatlardan qoniqdim. Men yigitlarning harakatlaridan mamnunman. Ular "Navbahor"-2024 qanday ekanligini ko'rsatib qo'yishga bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Raqibga kelsak, ularga ham hurmat. "Dinamo" xususiy klub hisoblanadi. Bu jamoani moliyalashtirayotgan barchaga rahmat. Bu juda katta ish. Hammaga bayram muborak bo'lsin.

- Birinchi bo'limda yaxshi harakat qilgan Xaqnazariyni maydondan olishingizga nima sabab bo'ldi?

- Ha, u yomon o'ynamagandi. Reja bo'yicha biz uni zaxiraga oldik. Biz o'yinga biroz tezlik qo'shmoqchi edik. Jiyanov maydonga tushgandan keyin bu yaqqol ko'zga tashlandi. 

- Xamrobekov o'yinda juda katta hajmdagi ishni bajardi. Bu sizning ko'rsatmalaringiz tufaylimidi yoki bugungi raqibdan kelib chiqqan holdami?

- Albatta. Odil Hamrobekov yulduzimiz. U terma jamoaning lideri. Bu bizga yordam beryapti albatta. Hamrobekov uchun ham bu yangilik. U endi muxlisi ko'p bo'lgan, Namangandagi 3 mlndan ko'proq aholining barchasi jon kuydiradigan jamoa sharafini himoya qilmoqda. Xamrobekov o'yinlarda his qilayotgan adrenalin uning faoliyatda oldinga katta turtki bo'lishi mumkin. Ochiqchasiga aytsam, bu darajadagi futbolchini har bir murabbiy orzu qiladi. Men buni allaqachon amalga oshirmoqchi edim, ammo bu mavsumga kelibgina  uddaladik. Odil bilan ishlayotganimdan xursandman. 

- "Navbahor" ikkinchi bo'limning birinchi qismida biroz koncentraciyani yo'qotdi va gol o'tkazib yubordi. Bunga sabab nima bo'ldi? Ikkinchi savol, hujum chizig'ida gruziyalik ikki futbolchi juftligini ko'rishimiz mumkinmi?

- To'g'risini aytsam, o'sha vaziyatlarda ketma-ket xatolarga yo'l qo'ydik. Hisob 2:0 bo'lganda yana vaziyatlar yaratishda davom etdik. Gol esa bizni biroz xushyor bo'lishga chorladi. Hujum chizig'idagi juftlik haqida gapirsak, bu yil siz juda ko'p variantlarni ko'rasiz. Eng muhimi har bir maydonga tushgan o'yinchi jamoaga foyda olib kelsin. SHu eng muhimi. Tarkibni mashg'ulotlarga qarab aniqlaymiz. Juda ko'p vaziyatlarni yakunlay olmadik. Birgalikda uchinchi o'yinni o'tkazyapmiz. Umuman olganda biz hammasini nazorat qildik.

-Bugungi g'alabadan qoniqdingizmi? Birinchi bo'limda ancha vaziyatlarni yo'qqa chiqardik. Jamoa yirik hisobda g'alaba qozonishi mumkin edi...  

-Juda ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Xayadon bor. Bunga sabab biz birgalikda endigina uchinchi o'yinni o'tkazyapmiz. Umuman olganda, hammasi yaxshi, golni hisobga olmaganda o'yinni to'liq nazorat qildik.  

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика