So’nggi yangiliklar

21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  25 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3

Samvel Babayan: "O'tkir Yusupov jamoamiz etakchilaridan biri" Yangiliklar

Samvel Babayan: "O'tkir Yusupov jamoamiz etakchilaridan biri"

O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda "Navbahor" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Juda og'ir o'yin o'tkazdik. Har ikki jamoa juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Jamoaviy birdamlik asosida g'alabaga erishdik. Bugungi o'yin uchun jamoaning har bir azosiga minnatdorchilik bildiraman. O'tkir Yusupov bizni juda qiyin vaziyatlarda qutqara oldi. U jamoamiz etakchilaridan biri. 

"Nasaf" juda kuchli raqib. Har qanday jamoa qarshiliklarga qarshi o'yinlarda qiynalishi turgan gap. Navbatdagi uchrashuvlarda jamoaga omad tilayman.



- "Navbahor" uchun chempionatda g'olib chiqish osonroqmi yoki kubokdami?

- Bu yilgi mavsumda oson o'yinning o'zi bo'lmaydi. CHempionatmi, kubokmi, hech bir o'yinda osonlikcha g'alaba qozona olmaysiz. Kubok g'olibi xalqaro maydon yo'llanmasiga ega chiqadi. Bizning guruhda intiriga juda yuqori. O'tgan mavsum yarim final va final ishtirokchilari joy olgan guruh. Bunday holatda guruhdan chiqishning o'zi katta masuliyat talab etadi.

- Intervyularingizning birida "Navbahor"da Igor Golbanning o'rni sezilayotgani haqida aytgandingiz. Bugun jamoangiz himoya chizig'i ko'rsatgan o'yindan qoniqdingizmi?

- Bugun butun jamoamiz yaxshi o'ynadi. Birdamlik evaziga g'alaba qozondik. Igor Golban juda yaxshi futbolchi. U bilan do'stona munosabatlarni saqlab qolganmiz.




Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика