So’nggi yangiliklar

17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0

Samvel Babayan Oliy Liga jamoalari murabbiylari bilan uchrashdi Yangiliklar

Samvel Babayan Oliy Liga jamoalari murabbiylari bilan uchrashdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Oliy Liga jamoalari murabbiylari va rahbarlari bilan uchrashdi.
Oliy Liga klublaridan faoliyat olib borayotgan murabbiylar va terma jamoa bosh muraabbiyining ushbu uchrashuvidan ko'zlangan asosiy maqsad - mamlakat bosh jamoasiga munosib nomzodlarni etkazib berish bo'yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi va terma jamoaga munosib futbolchilar borasida tavsiyalar, murabbiylarning bu boradagi fikrlarini bilishdan iborat edi.

Yig'inga taklif etilgan barcha murabbiylar tashrif buyurishdi. SHuningdek ushbu majlisda O'zPFL bosh direktori Farhod Magometov, terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonovlar ham ishtirok etdi.

“Biz, hammamiz, klublar, murabbiylar, muxlislar, hamma-hamma terma jamoa atrofida birlashishimiz kerak!”, - deya yig'indan ko'zlangan eng asosiy maqsadni tushuntirdi Samvel Babayan. Uning alohida takidlashicha O'zbekistonda futbolning keyingi rivoji terma jamoalarning xalqaro musobaqalaridagi ishtirokiga bog'liq.

So'zida davom etarkan, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi har doim har bir murabbiydan o'rganishga tayor ekanini bildirib, shunday dedi: “O'rganishning kechi yo'q. O'rganishdan tortinmayman. Murabbiylar, futbolchilar, jurnalistlar, muxlislarni eshitaman, ulardan o'rganaman. Men uchun har qanday fikr qadrli. Men hammani eshitishga tayyorman. Xudo ko'rib turibdi, niyatim bir - terma jamoani Jahon CHempionatiga olib chiqish. Menga ishonch bildirildimi, uni oqlash uchun borimni berib ishlayman, zero bu Vatanimizning bosh jamoasi!”.

Eslatib o'tamiz, Samvel Babayan 23 iyun kuni Mirjalol Qosimovning o'rniga O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. SHundan so'ng u, terma jamoalar markazi xodimlari, o'zining shtabiga kirishi kutilayotgan murabbiy va mutaxassislar hamda jurnalistlar, shuningdek Oliy Liga jamoalari muxlislar klublari etakchilari bilan uchrashuv o'tkazgan edi.

Milliy terma jamoa murabbiylar shtabi tasdiqlangach, Samvel Babayan terma jamoa bosh murabbiyi sifatida matbuot anjumani o'tkazadi.

Samvel Babayanning bosh murabbiy sifatidagi ilk rasmiy uchrashuvi, hozircha, 3 sentyabr kuni Yamanga qarshi o'yin bo'lishi kutilmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi Jahon va Osiyo chempionati saralash bahslarini 16 iyunda SHimoliy Koreyaga qarshi 2:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshlagan. Bugungi kun holatiga qadar H saralash guruhida 2 ta o'yinda 6 ochko jamg'argan SHimoliy Koreya va Filippin terma jamoalari peshqadamlik qilib turishibdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика