So’nggi yangiliklar

11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  1 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  6 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  4 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4

Samvel Babayan: "Oldimizga JCH-2018ga chiqish vazifasi qo'yildi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Oldimizga JCH-2018ga chiqish vazifasi qo'yildi"

Haftaning eng kutilmagan voqelaridan biri shubhasiz Samvel Babayanni O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangani bo'ldi.
Muxbirimiz kecha Samvel Vyacheslavovich bilan bog'lanib undan dastlabki taassurotlari haqida suhbatlashdi.

- Samvel aka, avvalambor mazkur masuliyatli lavozimga tayinlanganingiz bilan tabriklaymiz…

- Tabrik uchun rahmat. Ammo, bilasizmi, shaxsan men uchun ham bu taklif va qaror kutilmagan bo'ldi. Terma jamoalar murabbiylari Kengashida qilingan qaror va O'FF prezidenti Mirabror Zufarovich Usmonovni ishonchi menga katta kuch bag'ishladi. SHuning uchun ham bunday og'ir vazifani o'z bo'ynimga olishga jazm etdim. O'ylaymanki, bu masuliyatli ishni menga ishonishgan ekan, bor imkoniyatimni ishga solishga harakat qilaman.

- O'FF bilan tuzilajak shartnomangi muddati qanchani tashkil qiladi?


- Bu borada ish olib borilmoqda. SHartnoma muddati esa ish jarayonida aniqlanadi. Yoki belgilangan vazifalarni qanchalik bajarilishiga qarab shartnoma muddati o'zgarib boradi. Bu zamonaviy futbolning bir ko'rinishi.

- Cizning oldingizga qanday  vazifalar qo'yildi?

- Avvalambor, jangovor ruhdagi milliy terma jamoamiz JCH-2018 (OK-2017) saralash guruhida birinchi o'rinni egallashi lozim. Ikkinchidan bosh jamoamiz Rossiyada o'tkaziladigan JCH final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishi kerak. Olimpiya va yoshlar termalarmiz bosh jamoamizning kelajagi sifatida ularni doimiy tarzda kuzatib yoshlar borishim ham talab etilmoqda. Bir so'z bilan aytganda barcha termalar uzviy tarzda bog'langan holda faoliyat ko'rsatadi.

- Demak, mazkur vazifalarni bajarishga ishonasiz...?


- Albatta men terma jamoamizga ishonaman. Termamizda mahoratli va tajribali futbolchilar jamlanishgan. Aksariyat futbolchilarimiz, xususan Ahmedov, Denisov, Haydarov, Ismoilov, Sergeev kabilar hozirda ayni kuchga to'lgan paytlari hisoblanadi. Ular atrofidagi ajoiyb hujumkor jamoa o'yinini takomillashtirib borsak bo'lgani. Albatta bu borada menga barcha terma jamoalar murabbiylari, Oliy liga klublarining ustozlari, xullas futbol jamoatchiligi  yaqindan ko'mak berishadi deb o'ylayman. Barcha hamkasblariimni fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda ish yuritsak albatta maqsadga erishamiz. SHuningdek, Siz jurnalistlar ham bu borada menga yordam berishingizni iltimos qilib qolaman. O'rinli tanqid har doim ham foydali hisoblanadi va men buni to'g'ri, samimiy qabul qilaman hamda bundan to'g'ri xulosa chiqarishga intilaman.. Lekin o'rinsiz tanqidlar har doim ham, har qanday kishini ruhan va jismonan holdan toydiradi.

- Terma jamoa murabbyilar shtabi xususida…

- Hozircha menga yagona yordamchi Ravshan Haydarov tasdiqdan o'tdi. Yaqin kunlarda esa terma jamoa rahbariyatining tarkibi ommaga elon qilinadi.

- Paxtakor jamosida sizning vorisingiz kim bo'ladi, aniqrog'i yangi bosh murabbiy haqida so'zlab bersangiz...


- Oliy liga birinchi davra oxirigacha Paxtakorda yangi bosh murabbiy ish boshlaydi. Hozircha mazkur lavozimga kim tayinlanishi xususida aniq nomni aytolmayman...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика