Samvel Babayan: "OFKning CHempionlar ligasida o'rinlar bo'yicha qarori to'g'ri"
30 noy 2014 21:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/153341_original.jpg)
![](/upload/storage/153341_220.jpg)
Samvel Babayan: "OFKning CHempionlar ligasida o'rinlar bo'yicha qarori to'g'ri"
Ayni paytda Moskvada xizmat safari bilan bo'lib turgan "Paxtakor" menejeri OFKning OCHL o'rinlar taqsimoti bo'yicha qaroriga izoh bildirdi.
Samvel Babayan: - OFKning ushbu qarori futbolimiz uchun juda ijobiy va foydali. O'ylashimcha, xalqaro musobaqalarda klublarimiz qanchalik ko'p o'ynasa, bu futbolimiz uchun shunchalik yaxshi bo'ladi. Hozir xizmat safari bilan Moskvada bo'lib turibman va bugun "Lokomotiv" "Spartak" uchrashuviga tashrif buyurib, ko'plab mutaxassislar bilan ko'rishdim. Tajriba almashish har bir murabbiy uchun juda muhim. Tez orada yangi mavsum boshlanadi va "Paxtakor"ni CHempionlar ligasida yangi sinov kutmoqda. Biz jamoa bilan birgalikda OFKning ushbu qarori xato bo'lmaganini isbotlashga urinamiz va futbolimiz saviyasi o'sib borayotganini ko'rsatishga harakat qilamiz. "Paxtakor"ning har bir futbolchisi maydonga nafaqat klub, balki o'zbek futboli sharafini himoya qilish uchun tushadi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar