So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Samvel Babayan: "Nima ham derdim, borimiz shu ekan" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Nima ham derdim, borimiz shu ekan"

Teglar :  Samvel Babayan
O'zbekiston OTJ - Iroq OTJ (2:3) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.


- Bugun biz Rio olimpiyadasi yo'llanmasi uchun kurashayotgan jamoaga yutqazdik. Nima ham derdim, demak bugungi kunda bizning imkoniyatlarimiz, borimiz shu ekan. Afsuski hech narsa ko'rsata olmadik. Yakka-kurashlarni yutqazdik. Himoya chizig'idagi muammolarimiz bizga pand berdi. Bugungi o'yinda himoyadagi xatolarimiz bizga qimmatga tushdi. Jamoamizdagi himoya chizig'i ayni paytda eng og'riqli nuqtamiz deb bilaman. Biz asosan to'pni ko'proq bir-birimizga uzatib o'ynadik. Lekin bu kabi o'yinda himoya chizig'idagi hozirgi mavjud futbolchilarimiz yuqori saviyada o'ynashga qodir emaslar. Ularning mahorati bunga yo'l qo'ymaydi. Oxirgi golda himoyachimiz hakam xushtagigacha o'ynashi kerak edi. Qanot hakami bayroqchasini ko'targani uchun futbolchi to'xtab qoldi. Bu ham futbolchining saviyasidan dalolat. Top darajadagi futbolchi hech qachon bu xatoni qilmaydi. Jamshid Iskanderov bilan ham o'yinni yo'lga qo'ya olmadik va shu boisdan uni almashtirdik. Lekin shuni takidlash kerakki, biz ikkita o'yinda ham juda kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushdik. Afsuski bu o'yinlarda o'zimiz istagandek harakat qila olmadik. 

Reyting: -74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика