So’nggi yangiliklar

12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  13 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  3 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  6 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  11 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  4 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  1

Samvel Babayan: "Navbahor" safida darvozabon eng yaxshi bo'ldi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Navbahor" safida darvozabon eng yaxshi bo'ldi"

"Paxtakor" - "Navbahor" o'yinidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.
"Navbahor"ga qarshi o'yinlar doim qiyin kechib kelgan. So'nggi daqiqaga qadar kurashdik. Raqib posboni bugun mo'jiza yaratdi desak bo'ladi. Bugun gol urishimiz kerak edi, o'sha golni ura oldik. "Lochinlar" ilk daqiqadan oxirigacha kurashadigan jamoa, xarakterli jamoa sanaladi. Bizda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchlilik qildi, - deydi Babayan.

- Raqib darvozasi oldidagi barcha hujumlar asosan qanotlardan uzatilgan to'plardan so'ng bo'ldi. Boshqacharoq o'ynash mumkinmasmi?
- Jamoaning 4ta principi bor: argessivlik, yuqori sifatli futbol, tarixiy ananalar va insoniy faktor. Bu erga keladigan har bir jamoa kamida durangga o'ynaydi. Asosan himoyada harakat qilishadi. Ikkinchi bo'limda ko'proq hujum qilishga urindik.

- Bugun shogirdlaringiz juda kam zarba berishdi.
- Har bir jamoada yaratuvchi futbolchi bor. Bizda bular Iskanderov va Maxaradze. Ular yo'qligida jamoamizda hujum tashkil qilish qiyinlashdi. Raqib posboni O'zbekistonda ancha yillardan buyon o'ynab kelmoqda. U o'yin vaqtida ko'plab vaziyatlarni qaytardi.

- "Navbahor" safida qaysi chiziqni kuchli deb hisoblaysiz?
- Darvozabon! O'zbekistonda ko'plab darvozabonlar bor. Ularning ko'pi zaxiradan qolib ketishmoqda. SHu bois oliy ligada darvozabon legioner bo'lmasligining tarafdoriman. Bu Melenchukni yomon ko'rganimdan emas, u juda ham kuchli posbon. Lekin terma jamoamizda darvozabon o'rtasidagi raqobatni kuchaytirish uchun ham shunday qilinsa yaxshi bo'lardi.

- Jamshid Iskanderov "Al SHabab"ga qarshi o'ynay oladimi?
- Katta ehtimol bilan u o'ynay olmaydi.  

- "Paxtakor"da yarim himoyachi va hujumchi o'rtasidagi bog'liqlik yo'qolib qolmoqda.
- Sababi yaratuvchi futbolchilar maydonga tushishmadi. Hisob ochilmayotgan vaqtda hujumchilarni tushurdim. Sohibov o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatmoqda. U Odil Ahmedovga o'xshab ketmoqda. Xattoki Bubnov ham uni maqtadi, Bubnov deyarli barchani tanqid qiladi. Lekin Odilni maqtadi. Sohibov o'z o'yinini ko'rsatishda davom etishi kerak.


Narzulla Saydullaev
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика