Samvel Babayan: "Navbahor" maydonda bor kuchini berib harakat qildi"
03 okt 2014 07:48
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Navbahor" maydonda bor kuchini berib harakat qildi"
"Navbahor" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida menejer Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Camvel BABAYAN ("Paxtakor" menejeri): - Bugungi o'yin biz uchun juda qiyin kechdi. Raqib himoyaga etibor qaratdi va qarshi hujumlardan foydalanishga urindi. Bizda bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq ulardan samara chiqara olmadik. Nihoyat, o'yin oxirida o'zimiz uchun kerakli to'pni kiritdik. Legioner himoyachining ishlatgan qo'polligi tufayli gol urdik. "Navbahor" maydonda bor kuchini berib harakat qildi. Bizga qarshi har bir jamoa bor imkoniyati bilan to'p tepadi. Terma jamoadan qaytgan futbolchilar hali avvalgi holatiga qatyib ulgurishmadi.
"Navbahor" bugun bir maqsad yo'lida o'ynadi. Bu jamoa ushbu o'yinini boshqa klublarga qarshi bahslarda ham ko'rsatishi mumkin. Ular bugun hurmatga loyiq o'yin namoyish qilishdi. Oliy ligadagi har bir jamoa har bir uchrashuvda shunday o'yin ko'rsatishini istab qolgan bo'lardim. Bu chempionatimiz uchun foydali.

championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar