So’nggi yangiliklar

10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  0 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  3 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  4 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3

Samvel Babayan: "Natija adolatli bo'ldi. Raqib maydoniga shunchaki o'yin o'tkazish uchun bormaymiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Natija adolatli bo'ldi. Raqib maydoniga shunchaki o'yin o'tkazish uchun bormaymiz"

OCHL 1/8 finalidan o'rin olgan "Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Bugun o'z stadionimizda muhim o'yin o'tkazdik. Bundan tashqari, joriy mavsumdagi ochilish uchrashuvi edi. Muammolarimizni inobatga oladigan bo'lsak, optimal formada emasligimiz aniq. Bazi futbolchilarimiz etib kelganiga bir hafta bo'ldi. O'yinchilarning to'p orqali aloqaga kirishishida sezilar-sezilmas muammolar mavjud edi. SHunga qaramay, yigitlar uyushqoq va zich o'yin namoyish eta olishdi. Eng muhimi, to'pga tashnalik edi. Biz maydonning har bir qismida kurashdik, buning uchun yigitlardan minnatdorman. Natijaga kelsak, tabiiyki, Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik. Ularga qarshi ochiq futbol namoyish etish qimmatga tushishi mumkin edi. O'ylashimcha, natija adolatli bo'ldi.

- Ibrohim Yo'ldoshev jarohat olganidan so'ng Yovan Jokichni markaziy himoyaga tushirdingiz. Yangi mavsumdan Jokichni yangi poziciyada ko'rarmiz?

- Darhaqiqat, bu zaruriyat edi, chunki Yo'ldoshev jarohat sababli ishtirok eta olmadi. Ammo tarkibni hisobga oladigan bo'lsak, bizda top darajadagi futbolchilar soni cheklangan. SHuning uchun Jokichni boshqa nuqtaga qo'ydik. Jokich bugun ishonchli o'yin namoyish etdi. U eng ishonchli futbolchilardan biri, shuning uchun unga istalgan poziciyani bemalol ishonib topshirish mumkin.

- Jamoaga yangi taklif etilgan Farruh Sayfiev va Odil Hamrobekov Osiyo kubogi sababli "Navbahor" yig'inida ishtirok etmadi, lekin bugungi o'yin ko'rsatdiki, bu ikki futbolchi jamoaga juda tez moslashdi. Qolgan yangi futbolchilarda bu jarayon qanday kechmoqda, shuningdek, transfer oynasi yopilgunga qadar klubda yangilik bo'lishi mumkinmi?

- Yuqoridagi futbolchilarga moslashish uchun ko'p vaqt talab etilmasa kerak. SHunigdek, bugun Ruslan Jiyanovni ham etirof etishim joiz, u yaxshi o'ynadi, ko'p ishladi, raqib darvozasi yonida xavf tug'dira oldi. Eng asosiysi, u mudofaalanishda uyushqoqlik bilan yordam berdi. Vaziyat shundayki, transfer oynasi ochiq, lekin endi keladiganlar CHempionlar ligasida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda o'ylab ko'ramiz. Ammo bizning optimal byudjet cheklangan. SHu bois, tanlovlarni cheklaganmiz. Menimcha, bugungi kunda etarlicha futbolchilarga egamiz. Buni klub rahbariyati bilan muhokama qilamiz. 

Bugun g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Uchrashuvning bu darajada keskin bo'lishiga sabablar bor. Ehtimol, raqib darajasiga etibor berish lozimdir. Ular Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ikki futbolchisi Evropa CHempionlar ligasi g'olibiga aylangan. SHu bois, o'yin biz uchun qiyin bo'ldi, ayniqsa, dastlabki bahs bo'lgani uchun. Biz hali optimal formada emasmiz. O'yindan o'yinga haqiqiy darajamizga chiqib boramiz. SHuni aniq aytishim mumkin, raqib maydoniga shunchaki ikkinchi jamoa bo'lib o'yin namoyish etish uchun bormaymiz. Buni "Navbahor" va o'zbekistonlik muxlislarga isbotlaganmiz. Biz raqib maydoniga o'z o'yinimizni ko'rsatish va kerakli natijaga erishish uchun boramiz. O'ylaymanki, javob o'yinini yuqori darajada o'tkazamiz.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика