So’nggi yangiliklar

01:42Вадим Абрамов: "Бизни "Навбаҳор"дек жамоага қарши ўйиндаги дуранг ҳам қониқтирмасди"   1 00:21Киммихнинг "Бавария" билан янги шартномаси бўйича ҳужжатлар тайёр. Келишув 2029 йилгача мўлжалланган  1 23:57"Ювентус" — "Аталанта". Таркиблар маълум  5 23:55А Серия. "Рома" биринчи дақиқадаги гол эвазига "Эмполи"ни мағлуб этди, Шомуродов 72 дақиқа ўйнади  52 23:40Рўзиқул Бердиев: "Рубин Хебай бетоб экани сабаб бугун ўйнай олмади"  2 23:32РПЛ. "Рубин" Қозонда "Спартак"ни мағлуб этди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:27АПЛ. Райснинг голи "Арсенал"ни МЮга қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди  37 23:10Суперлига. "Навбаҳор" – "Динамо" 0:0, Ҳожимирзаев сўнгги дақиқаларда белгиланган пенальтини голга айлантира олмади  5 23:00Иван Бошкович: "Футболда барчаси ҳар доим сиз истагандек бўлавермайди"  5 22:55Ҳаким Фузайлов: "Мухлисларимизни 15 йил кутилган ғалаба билан табриклайман"  3 22:31Анвар Бердиев: "Хоразм" дарвозабони жуда яхши ўйнади"  5 22:15Ла Лига. "Реал" ўз уйида ғалаба қозониб, очколар бўйича "Барселона"га етиб олди  20 21:55Суперлига. Амалдаги чемпион мавсумни ғалаба билан бошлади  31 21:33"Реал" ёзда Родригони сотмайди - уни муҳим ўйинларда асосий футболчи сифатида кўришмоқда. Вингерга "Ман Сити" ва Саудия Арабистони клубларидан қизиқиш бор  2 21:32Суперлига. "Навбаҳор" "Динамо" билан муроса кўчасини танлади, Ҳожимирзаев пенальтидан гол уролмади  71

Samvel Babayan: "Muxlislardan ertaga stadionga kelib, bizni qo'llashlarini so'rab qolaman" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Muxlislardan ertaga stadionga kelib, bizni qo'llashlarini so'rab qolaman"

OCHLning 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Nassaji Mazandaran" o'yinidan oldingi matbuot anjumanida "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Azimjon Ahmedov ishtirok etdi.

- Yarim finalda qiyin o'yin o'tkazdik. Juda ko'p kuch, xissiyotlarni sarfladik. Afsuski, nimaga haqli bo'lsak, shunga erisha olmadik. O'shanda yigitlar yaxshi o'yin o'tkazishdi, ammo bu futbol. Unda kuchlilar doim ham yutavermaydi. O'yinni taxlil qilib chiqdik. Yigitlarga etirozlar yo'q. Ular finalga chiqish uchun qo'llaridan kelganini qilishdi. Afsuski, darvoza to'sin-ustunlari, boshqa jihatlar finalga chiqishga yo'l qo'ymadi. Gap bunda ham emas, asosiysi - maydonda ko'ngilsiz voqeliklar bo'lmadi. Jadval qiyin, yigitlarning katta qismi terma ixtiyoridan kelishdi. SHunga qaramay barcha futbolchilar bor kuchni ishlatishdi. Ammo xatolardan qochib bo'lmaydi. Biz yo'l qo'ygan xatolar natijaga jiddiy tasir qildi. Umuman olganda, mavsum yakunlanishiga 9 o'yinimiz qoldi. Barcha tushunib turibdiki, bu 9 finalga teng. Navbatdagi o'yinimiz juda muhim. Hozir biz shu o'yin uchun tayyorlanyapmiz. O'tgan voqeliklarni yoddan chiqaramiz. Ushbu mavsumda yaxshi va yomon xotiralarni boshdan o'tkazdik. Lekin biz muxlislarni xursand qilish uchun harakat qilishda davom etishimiz kerak.

- Jamoada yo'qotishlar bormi?

- Afsuski, ikki nafar asosiy futbolchilarimiz - Tabatadze va Jokich jarohati sababli uchrashuvda ishtirok eta olishmaydi. Biroq tarkibimiz yaxshi, ularning o'rnini bilintirmasligimiz mumkin. Bu ertangi o'yin sifatiga tasir qilmaydi. 

- Raqiblarni qanchalik o'rganib chiqdingiz? Ularning kuchli va nozik tomonlarini sanab bera olasizmi?

Azimjon Ahmedov: - Raqiblarni ko'rib, o'rganib chiqyapmiz. Ko'p "prosmotr" qildik. Ularning tarkibida yaxshi futbolchilari ko'p. Ertaga ularga yaxshi qarshilik ko'rsatamiz degan umiddaman.

- "Nassaji Masandaran" ikki o'yinini himoyaviy taktikada o'tkazdi. Ertaga "Navbahor" raqibning ikkinchi raqamli bo'lib o'ynashiga tayyormi?

- Taktika tanlash raqibni o'rganib chiqish bilan tanlanadi. SHu sababli istalgan o'yinda istalgancha o'ynash mumkin. Ertaga ularning  ikkinchi raqamli bo'lishlari fakt emas. Raqiblar yuqori pressing qilishadi, pozicion hujumlarda faol ishlashadi. Ertaga raqibning taktikasiga tushib qolmaslik uchun himoyada ham, hujumda ham ularning har bir harakatiga qarshi yo'nalish bera olishimiz kerak.

- Ertaga guruhda "Nassaji" "Navbahor" mehmoni bo'lsa, "Mumbai Siti" safarda "Al Hilol"ga qarshi saf tortadi. Bu o'yinlar haqida tarif bersangiz.

- Menimcha, bu o'yinlarning bizga bog'liqligi bo'lmaydi. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Raqiblarga qarab o'ynamaymiz. So'nggi turda "Al Hilol" bizning maydonga kelganida, muxlislar stadionni to'ldirib berishsa, ularni mag'lub qilib, guruhdan chiqmoqchimiz. 

Muxlislarni ertangi o'yinga taklif qilaman. Ushbu turnirda qanday holatda bo'lishimizdan qatiy nazar, yigitlar qo'llaridan kelganicha harakat qilishadi. Ular doimo muxlislarning xursand bo'lishini istashadi. Istalgan holatda, ishlar o'xshamayotganda ham maydonda g'alaba qozonish haqida o'ylashadi. Muxlislardan xursandmiz. SHu kungacha "Navbahor"da nimalarga erishilgan bo'lsa, barchasi Namangan ahlining xursand bo'lishi uchun qilinmoqda. Yosh yigitlarning sport bilan shug'ullanishlari, futbol o'yinlariga ko'proq odam kelishlari uchun qilinyapti. Ertaga barcha muxlislardan stadionga kelishlarini so'rab qolaman. Biz ular uchun maydonga tushamiz.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика