Samvel Babayan: "Muxlislar stadionda joy qoldirishmadi"
06 may 2022 22:59
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Muxlislar stadionda joy qoldirishmadi"
"O'yin haqida to'xtalishdan oldin muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun nafaqat stadionni to'ldirishdi, balki bo'sh joy qoldirishmadi. 1996 yilgi mavsumda ham xuddi shunday atmosfera hosil qilishgani yodimda. Futbolchilar, murabbiyilar, rahbariyat amalga oshirayotgan ishlarning hammasi muxlislarning xursandchiligi uchun. Haqiqiy bayram bo'ldi. Qaysidir manoda so'nggi daqiqalar hayajonli o'tdi desam adashmayman. Bunday qo'llab - quvvatlashdan keyin har qanday g'alaba yoqimli va qadrli. Superligada kurash davom etadi. O'tkinchi o'yin yo'q",- deydi Babayan.
- Penaltini tepishda ko'rsatma qanday bo'lgandi yoki o'sha vaziyatda futbolchilarning o'zi hal qildimi?
- Jamoada shunday elementlar borki, kiyinish xonasida muhokama qilib olinadi. Jokichning oxirgi jamoalaridagi ijro borasida statistikasi yaxshi ekanligini ko'rishimiz mumkin. Penaltini urolmadi, lekin ajoyib gol urdi. Yigitlarga oxirigacha kurashgani uchun, muxlislarga ajoyib olqishlar uchun minnatdorchilik bildiraman.
Fikrlar