So’nggi yangiliklar

14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12

Samvel Babayan: "Musobaqada oxirigacha kurashamiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Musobaqada oxirigacha kurashamiz"

"Al Ayn" va "Paxtakor" jamoalari uchrashuvidan keyin har ikki jamoa bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tishdi.
Samvel BABAYAN (“Paxtakor” bosh murabbiyi): - O'yin muxlislarga zavq ulashdi deb o'ylayman. Natija bahsga mos bo'ldi deb o'ylayman, bazi holatlarda biz tashabbusga erishib, gol urish uchun qulay vaziyatlarni yuzaga keltirdik. SHogirdlarimga ular xarakter ko'rsatgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular zamonaviy futbol talablariga xos harakat qilishdi. Agar etakchilarning jarohati bo'lmaganda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Biz oldinga qarab qadam tashlashda davom etamiz va shunga intilamiz. Menimcha, mintaqada bizning guruh eng kuchli. Har bir jamoa keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatga ega. Keyingi bellashuvlarda muxlislarimizga yoqadigan chiroyli o'yin ko'rsatishga urinamiz. Bugun bizni qo'llab-quvvatlab turishgani uchun ularga jamoa nomidan rahmat aytaman.

Zlatko DALICH ("Al Ayn" bosh murabbiyi): - G'alabaga erishmoqchi edik, chunki uyda muxlislarimiz qarshisida o'ynayotgandik. Durang ham yomon natija emas. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik va zarur paytda to'p kiritgandik, ammo bo'lim yakunida darvozamizdan to'p olib chiqdik. Bu gol futbolchilarni tushkunlikka tushirdi va raqibga katta ishtiyoq berdi. Etakchi o'yinchilarning maydonga tushmagani sezilib qoldi. Ayniqsa, Asamoa Gyan katta yordam berishi mumkin edi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика