So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Samvel Babayan: "Mashal" "Paxtakor"ning oliy ligadagi eng noqulay raqibi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Mashal" "Paxtakor"ning oliy ligadagi eng noqulay raqibi"

"Paxtakor" - "Mashal" uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi qatnashdi.
"Mashal" "Paxtakor"ning oliy ligadagi eng noqulay raqibi hisoblanadi. Ayniqsa Xomyakov kelganidan keyin bu jamoa yanada kuchaygan va ularga qarshi o'ynash ham qiziq. Bugun tajriba evaziga yutib ketdik", - deydi Babayan.

- Jamshid Iskanderov qanchalik tuzalib ketdi?
- Bugun ozroq o'ynadi. Mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etyapti, menimcha o'yinga kirishib ketishi qoldi xolos.

- SHerzod Karimovning jarohati qanchalik jiddiy?
- Bugun ko'p qo'polliklar bo'ldi, buni o'yin paytida hamkasbim boshqa yo'li qolmagani bilan ham tushuntirib ketdi. Biz esa shunga qaramay o'z o'yinimizni ko'rsata oldik. So'nggi ikkita o'yinda bizga qarshi juda qo'pol o'yin bo'lyapti. Lekin bunday o'yinlarga ham tayerlanyapmiz va g'alaba qozonyapmiz.

- Bo'limlar orasida raqib bosh murabbiyi bilan tortishib qolgandek bo'ldingiz, o'sha vaziyatda nima bo'ldi?
Yo'q, unday bo'lmadi. Bu murabbiyni men hurmat qilaman va yaxshi munosabatdaman. SHunchaki o'yin payti nima uchun shogirdlaring qo'pol o'ynayati deb so'radim, u esa boshqacha o'ynay olmayaptilarda deb kulib javob berdi. Yana bir bor qaytaraman, Xomyakovning "Mashal"ga foydasi katta bo'lyapti.

- "Nasaf" bilan o'yin oldidan "SHo'rtan"ga qarshi kubok o'yini bor, tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?
- Bugun zaxiramiz biroz keng bo'ldi, Maxaradze va Javohir terma jamoadan qaytishdi, Iskanderov esa jarohatidan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика