So’nggi yangiliklar

18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   4 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  7 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6

Samvel Babayan: "Maydonga g'alabani ko'zlagan holda tushamiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Maydonga g'alabani ko'zlagan holda tushamiz"

CHempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Al Ayn" - "Paxtakor" uchrashuvidan avval matbuot anjumani o'tkazildi.
Samvel Babayan ("Paxtakor" bosh murabbiyi): - Bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Toshkentda jamoalar bir-biriga munosib raqib ekanligini isbotlashdi. "Al Ayn" Osiyoning eng kuchli klublaridan biri. Toshkentdagi mag'lubiyatimiz o'yinga to'g'ri kelmagandi. O'sha bahsda raqib omadliroq chiqdi. Vazifamiz eng yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatish. Bizni ijobiy natija qoniqtiradi.

Raqib legioner futbolchilarsiz ham kuchli jamoaga ega. Har bir chiziqda va zaxira o'rindig'ida ham mahoratli o'yinchilari bor. Bizda esa klub falsafasi boshqacharoq. Asosiy urg'uni mahalliy futbolchilarga qaratamiz. Toshkentdagi bellashuvda 20 yoshli Javohir Sohibov o'zidan yomon taassurot qoldirmadi. Ushbu tarkib bilan Osiyoda raqobatbardosh jamoalardan biriga aylanishimiz kerak. Yangi stadionida "Al Ayn" hozircha yutqazmadi, lekin har qanday seriyaning yakuni bo'ladi. Biz ertaga chiroyli futbol ko'rsatib, g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.

Stanislav Andreev ("Paxtakor" yarim himoyachisi):
- O'yin keskin kechadi deb o'ylayman. Muxlislarimiz oldida ishonchni oqlash uchun g'alaba qozonish maqsadida keldik. Jamoada kayfiyat juda yaxshi va 3 ochkoni qo'lga kiritish uchun bor kuchimizni beramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика