So’nggi yangiliklar

15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  0 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  1 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1

Samvel Babayan: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik"

OCHL "B" guruhi 3-tur uchrashuvi "Paxtakor" - "Al Ayn" o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

"Bugun yaxshi futbol bo'lib o'tdi. Muxlislar ham o'yinni ko'rib zerikish qolishmadi deb o'ylayman. Afsuski g'alaba qozona olmadik va mag'lub bo'ldik. Buning uchun muxlislardan uzr so'rayman. O'yindan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik", - deya so'z boshladi Samvel Babayan.

- OCHLda ketma-ket uchchala jamoamiz ham mag'lubiyatga uchradi. Bu holat bo'yicha qanday fikrdasiz? Bu natijalar hammasi klublarning ichki muammolari borligi tufaylimi?
- Uchta uchrashuv va uch hil scenariylar ostida o'tgan o'yinlar. Bu albatta barchaning o'zining muammolari borligi sabab. Bugun biz mag'lubiyatga loyiq o'ynamadik. Lekin yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Bu borada hali ko'p ishlarni olib borishimiz lozim.

- Egor Krimec, Davron Hoshimovlarni maydondagi harakatlari borasida nima deya olasiz? Xatolar ko'payib ketmayaptimi?
-  Bu futbolchilar orasida Aleksandr Merzlyakovni ham qo'shgan bo'lardim. Himoyada muammolar bor va buni to'g'irlash ustida ishlayapmiz. Uchrashuv so'nggida Egor Krimec o'zini almashtirish kerakligini so'radi. Unda kichik jarohat bor edi. Lekin zaxiramiz qolmagani sababli oxirigacha o'ynashini so'radik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика