So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

Samvel Babayan "Lokomotiv" bilan xayrlashdi Yangiliklar

Samvel Babayan "Lokomotiv" bilan xayrlashdi

Coca Cola Superliganing 26-turi doirasidagi "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jurnalistlar savoliga javob berdi.

- SHubxasiz, uchrashuvni barcha intiqlik bilan kutdi. Biroq afsuski, bahs hech nima bermasdi. Ammo uchrashuv o'zining principialligini yo'qotmagandi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular yaxshi vaziyatlarni yaratishdi. Biroq 0:0 adolatli hisob bo'ldi. Biz yana bir bor barcha bilan raqobat qila olishimizni ko'rsatdik. So'nggi o'yinlarni yaxshi o'tkazdik va ayta olaman, qilingan mehnatlar o'z samarasini berayotgandi. Deyarli barcha o'yinlarda jamoa g'alabaga loyiq o'ynadi. "Paxtakor" mavsumni yaxshi o'tkazdi. "Lokomotiv" esa tinmasdan oldinga harakatlanadi. Kelasi yilning 21 yanvar kunida OCHL saralashi doirasida Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi o'yin bo'ladi. Ungacha biroz vaqt bor.

Buni yashirgandan mano yo'q. "Lokomotiv"dagi so'nggi o'yinim bo'ldi. Bu erda men professional futbolchi, professional kollektiv bilan ishladim. Yaxshi oila bo'ldik. Nafaqat, jamoa, balki akademiya borasida ham to'xtalaman. 13 yoshli yigitlar respublikada chempionga aylanishdi. Klubdagi barcha ishchi va futbolchilar futbol planida etuk ekanligini ko'rsatishdi. Keyingi jamoam "CHanchung Yatay" bo'ladi. Afsuski, jamoa yuqori ligani tark etgan, shunday bo'lsa ham ularning ambiciyalari yuqori. 2016 yilda ushbu jamoadan menga taklif tushgandi. O'sha payt termadan keta olmasdim. 3 haftalar oldin ular mening variantimga yana bir bor qaytishdi. Koreya va xitoylik nomzodlardan aynan meni tanlab olishdi. Maqsadim - barcha erda akademiyadan asosiy jamoaga futbolchi etkazib berish. Benites, Pellegrini, Lippi kabilar Xitoy futbolidan nafas olishgan. "Lokomotiv" rahbariyati bilan bu borada gaplashish juda qiyin bo'ldi. Orzuim - chet elda ishlash. Umuman olganda orzuim ushalgandi. UEFA Osiyoning Pro-Licenziyasini tan olmas ekan. SHu boisdan men u erda ko'p ham ishlay olmadim. Xitoyga men bilan shu erda ishlayotgan Deyan Jurjevich, Aleksandar Galich, Grigoriy Kolosovskiy hamda Anton Mayeranov bilan ketamiz.

Xitoy birinchi ligasida 3 legioner o'ynaydi. Ikkitasi maydonda harakat qilsa, bittasi qaydnomada bo'ladi, holos. Ammo futbolchilar nomzodini ko'rib chiqaman va bu taklifingizni rad eta olmayman.

"Lokomotiv" baribir kuchayishi kerak. Mirzaev jarohat olganda bu teshikni yopish qiyin bo'ldi. Zoteev va Hoshimovning o'rniga boshqa ravobatchi yo'q. Yuqori maqsadlar uchun kurashishga jamoada yuqori raqobat bo'lishi kerak. Har doim ham yuqori maosh to'laydigan klubda baxtli bo'la olmaysan. "Lokomotiv" - ajoyib oila. Barcha bir maqsad yo'lida harakat qilmoqda. 

Bugungi o'yin ikki qismga bo'lindi. Bazida biz, ayrim paytlarda "Paxtakor" o'yinni nazorat qildi. Ikki jamoa ham yuqori sifatli o'yin ko'rsatdi deya olaman.

Menga imkoniyat bergan "Lokomotiv" futbol klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Yarim yillik faoliyatim davomida klubda professional insonlar faoliyat olib borgani uchun rahmat aytaman.



TAS-IX emas



Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика