Samvel Babayan: "Lobanov O'zbekistondagi eng kuchli darvozabon"
04 apr 2015 22:33
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Lobanov O'zbekistondagi eng kuchli darvozabon"
"Paxtakor" menejeri Samvel Babayan "Buxoro" bilan bo'lib o'tgan o'yindan so'ng jamoa darvozaboni Aleksandr Lobanov xususidagi tanqidiy savolga javob qaytardi.
"Har bir darvozabon bilan omadsizliklar uchrab turadi. Masalan Stoxning
uzoqdan yo'llagan zarbasi ham gol bo'lgandi. Yoki bugun "Buxoro" futbolchisi ham
deyarli o'sha nuqtadan to'p kiritdi. To'p esa yo'l-yo'lakay chuqurchaga tegib kirganini aytib o'tmoqchidim. Lobanov o'sha maydondagi chuqurchani kurak bilan to'g'irlab qo'ydi. Futbolda bazan shunaqangi gollar ham kirib turadi. Men hozirgi kunda Lobanovni O'zbekistondagi eng kuchli darvozabon deb bilaman. Biz unga to'liq ishonamiz", - deydi Samvel Babayan.
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar