So’nggi yangiliklar

16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  8 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3

Samvel Babayan: "Keyingi o'yinlarda haqiqiy "Paxtakor"ni ko'rasizlar" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Keyingi o'yinlarda haqiqiy "Paxtakor"ni ko'rasizlar"

"Paxtakor" - "Olmaliq" (1:1) o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida maydon egalari bosh murabbiyi Samvel Babayan qatnashdi.
"Olmaliq" juda yaxshi va kuchli raqib ekanlgini bugun isbotladi. Uchrashuvda kutganimizdek o'ynay olmadik va natijada ikki ochkoni qo'ldan chiqardik. Har qanday holatda ham maydonda biz ustunlik qildik. To'g'ri, jamoamiz o'z o'yinini ko'rsata olmadi. O'tkazib yuborilgan golda himoyachilarimiz xato qilishdi va raqibga golni sovg'a qilishdi. Futbolchilar har qanday vaziyatda ham jamoa manfaatini birinchi pog'onaga qo'yishlari lozim. O'yindagi rejamiz tezkor hujumlarni tashkil etib raqibni o'z jarima maydonchasi ichiga "qamab" qo'yish kerak edi. Ammo tayanch yarim himoyachilarimiz yomon harakat qilishgani bizga pand berdi. SHu bois tezkor hujumlarni va o'yinga tezlik qo'shishda biroz oqsadik", - deydi Samvel Babayan.

- "Paxtakor" uy o'yinlarida ikkita hujumchi bilan o'ynasa bo'lmaydimi?

- O'tgan yili biz ikki hujumchi bilan o'ynagandik. Lekin gap sonda emas, asosiysi sifat. Himoyachilar ham kerakli paytda gol kiritishadi va buni ko'p bor isbotlashgan.

- "Olmaliq" bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi va g'alaba qozonishi ham mumkin edi. Umuman raqibdan bugun jiddiy qarshilik kutganmidingiz?
- "Olmaliq" yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi va bugun ular buni isbotlashdi. Albatta, raqibdan bugun jiddiy qarshilikni kutgandik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin kutilgan o'yinni namoyish qilib bera olmaganimiz tufayli kerakli natijani qayd eta olmadik.

- OCHLdagi dastlabki ikkita o'yindan keyingi shijoat yo'qolib qolgandek?
- To'g'ri payqadingiz. Jamoaning shijoati biroz pasaygandek. Futbolchilarning motivaciyalari yuqori emas. Avvalgi mavsumda ko'plab o'yinlarda jamoamizning mahorati evaziga yutgandik. Biroq hozirgi paytda jamoamiz "Lokomotiv" va "Olmaliq" kabi jamoalarni "klass"da yuta olishga tayyor emas.

- Jamoada motivaciya borasida muammolar bor deb aytdingiz. Jamoada moliyaviy holat yaxshimi, futbolchilarni maoshlari o'z vaqtida to'alb borilmoqdami?

- Klubning ichki muammolarini o'zimiz hal etamiz. Bir ikkita muammolar bor va buni yaqin orada echimini topamiz va keyingi bellashuvlarda sizlar haqiqiy "Paxtakor"ni ko'rasizlar deb ayta olaman.


SHahboz Beg'amov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика