So’nggi yangiliklar

13:45Сергей Лушчан "Навбаҳор"да қолади  2 13:29Жаҳонгир Ортиқхўжаев: "Биз янги бош мураббийнинг ишига аралашмаймиз"  0 13:05Жаҳонгир Ортиқхўжаев "Пахтакор"да қилинган фитнага изоҳ берди  6 13:00Суперлига учун ўтиш ўйини: "Шўртан" - "Олимпик" (онлайн ҳисоб)  3 12:40Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжумани (тўлиқ)  13 12:35"Пахтакор" янги устози: "Футбол мухлисларини чиройли ўйин орқали трибуналарга қайтаришга ҳаракат қиламиз"  1 12:00"Кейинги йил Черанни "Пахтакор"да кўрмаяпмиз" - Жаҳонгир Ортиқхўжаев  8 11:42"Пахтакор" стадиони тақдири қандай бўлади? Жаҳонгир Ортиқхўжаев жавоб берди  1 11:35Жаҳонгир Ортиқхўжаев Йоахим Лёв билан учрашув ҳақида гапирди  3 11:21Olamsport: Бугун 5 нафар боксчимиз Осиё чемпионатида жанг қилади, Мадримов чемпионлик учун жанг қилади ва бошқа хабарлар  0 10:55Эрик тен Хагга Германия клуби қизиқиш билдирмоқда  2 10:44"Пахтакор"нинг португалиялик мураббийи 4 нафар ёрдамчиси билан келади  10 10:26XXI асрининг энг яхши футболчилари рейтинги тузилди. Учинчи ўринда ким?  24 09:51Клублар ўртасидаги ЖЧ қуръаси олдидан саватчалар маълум қилинди  4 09:17Sofascore. Кечаги учрашув учун «Пахтакор» футболчилари неча баҳо олишди?  3

Samvel Babayan - Diskvalifikaciya, ayblovlar, tankasi, muxlislardan uzr, Lobanov va boshqalar haqida Yangiliklar

Samvel Babayan - Diskvalifikaciya, ayblovlar, tankasi, muxlislardan uzr, Lobanov va boshqalar haqida

"Lokomotiv" klubining yangi bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada tadbirdagi savol javoblarni kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


- Tadbirni Mirzahakim To'xtamirzaev olib bormoqda. 


"Assalomu alaykum. Bugun faoliyatimda yangi tarix boshlanmoqda. Futbol bu mening hayotim. "Lokomotiv" klubida ish boshlashimdan xursandman. Birinchi navbatda rahbariyatga rahmat aytaman. Klub oxirgi 3 yilda o'zbek futbolida etakchilik qilmoqda. Daraja yuqori. Klubda qobiliyatli futbolchilar yig'ilgan. Ularning barchasida g'oliblik ruhiyati bor. Klubni bir oilaga aylantirishga ishonchim komil. 

Terma jamoadagi faoliyatimdan keyin diskvalifikaciya va uning bekor qilinishi haqidagi tarixni bilasiz. Latviyadagi faoliyatim va keyin O'zbekistonga qaytib "Lokomotiv" klubi prezidenti maslahatchisi sifatida qaytganimni biladi. 

Terma jamoada ishlagan barcha murabbiylarning taqdiri bir xil bo'lsa kerak. Biz mundialga yaqin kelgandik. Mendan oldingi murabbiylar ham terma jamoadan keyin ikki yil ishlashmagan. Ularni himoya qilishgan. Mening holatimda esa butun xalq menga qarshi bo'lgan. Masalan, Sergeevni maydonga tushirganimni ko'pchilik gapirgan. U terma jamoada boshqa murabbiy qo'l ostida debyut qilgan. U klubda o'ynaganida butunlay boshqacha o'yinchi edi, keyin klubdan ketganimdan keyin boshqa murabbiylar qo'l ostida o'ynagan. Hozir u o'zining qanday hujumchi ekanligini isbotlamoqda. 

Masalan, Janubiy Koreya bilan o'yinda Bikmaev gol urgandi, o'shanda durang o'ynasak ham Jahon chempionatiga chiqqan bo'lardik. O'sha golda Igor Sergeevning xissasi katta bo'lgan, buni hech kim eslamaydi. 

Latviyaning "Spartak" klubida bosh murabbiy bo'lganimda nima bo'lgan? UEFA evropalik murabbiylar huquqini himoya qiladi va boshqa qita murabbiylaridan ustun qo'yadi. O'FF tomonidan diskvalifikaciya qilinganim Latviyada menga pand bergan. Sababi boshqa davlatdan kelgan diskvalifikaciya qilingan murabbiyni hamma ham istayvermaydi. "Spartak" bilan ECHLga chiqishimiz mumkin edi. 

Diskvalifikaciyaga kelsak u kishi hozir ishdan ketdi, qandaydir so'zlar kutayotgan bo'lsanglar adashasizlar. Meni tarbiyam bunga yo'l qo'ymaydi. 15 kundan so'ng diskvalifikaciyamni bekor qilishgan faqat mendan buni elon qilmaslikni so'rashgandi. Bu voqeaga qaytishni istamasdim. To'g'ri bu bazi OAVning reytingini ko'tarishi mumkin. "Bunyodkor" klubining men uchun yuborgan xati haqida balki u xat bo'lgandir. Bu shunchaki rasmiyatchilik uchun bo'lgandir. Bu voqeada futbol yo'q. Qaytaraman diskvalifikaciya to'g'risidagi tarixga qaytishni istamayman. Har bir so'zimizga yaratgan oliy hakam. 


SHundan so'ng murabbiy championat.asia sayti muhbiri SHahboz Beg'amovni oldiga chaqirdi va diskvalifikaciya bekor qilinganligi haqidagi hujjatni ko'rsatdi. "Bunyodkor" tomonidan? Bu yaxshi. Menga "Lokomotiv"dan taklif bo'ldi, bu ham yaxshi. Ushbu klublar meni qo'llab-quvvatlashdi. Bu futbolimizda adolat, tartib yo'qolib ketmaganini ko'rsatdi. Men boshqa bu mavzuga qaytishni istamayman. Bu borada ishtirok etgan insonlar bilan gaplashdim va ular uzr so'rashdi.



2018 yil yanvar oyida yordamchim bilan Moskvaning "Spartak" klubiga borib tajriba oshirdik. Keyin yozda CSKA klubida tajribamni oshirdim. UEFA taklifi bilan Tallinda bo'lgan "Real" - "Atletiko" o'rtasidagi bahsda ishtirok etdim. 

Futbol borasida dissertaciya yozishni istagandim. Bizda murabbiylarni, futbolchilarni, hakamlarni o'qitadigan maktablar bor. Ammo futbol menejerlarini tarbiyalaydigan joylar yo'q", - deydi Samvel Babayan.  



championat.asia savoli: - O'zbek futboliga foydali insonman deya olasizmi? Hozir qaytganidan keyin qanday foyda keltira olasiz? 

- O'zimga o'zim baho bera olmayman. "Paxtakor"da ishlagan paytda terma jamoaga 42 nafar futbolchini etkazib borganman, 200dan ortiq futbolchi turli yoshdagi futbolchilarni tarbiyalab berganman. Men oddiygina bolakay, katta futbol o'ynamay turib jamoa mamuridan boshlab o'zbek futbolining eng kuchli klublaridan birida rahbar bo'lish va terma jamoa bosh murabbiyi darajasiga chiqa oldim. 

"Lokomotiv" professional klub. Uni rivojlantirishga harakat qilamiz. Klubga keladigan 8 yoshli bolakayning keyingi taqdiri barchamizni qiziqtiradi. 


championat.asia savoli: - Terma jamoada ishlagan paytda qilgan xatolaringizni tan olasizmi? 

- Janubiy Koreyaga qarshi o'yindan keyin matbuot anjumanida qisqa gapirib chiqib ketganim bilan O'FF matbuot xizmati xalqimizdan uzr so'raganimni chop etgandi. Sizning ishonchingizni oqlay olmaganimdan xafaman deb aytgandim. Bugun ham buni takrorlashim mumkin. Biz mundialga juda yaqin edik. Bizga omad etishmadi, oddiygina Haydarov gol ursa yoki Koreyada 86-daqiqada gol o'tkazmaganimizda Jahon chempionatiga chiqqan bo'lardik. Barchada xato bo'ladi. Kim murabbiy bo'lishidan qatiy nazar O'zbekiston terma jamoasiga mundialga chiqishini tilayman. Agar yodingizda bo'lsa terma jamoa ustozi bo'lganimdan keyin jurnalistlar bilan, murabbiylar bilan uchrashgandik. Bir oila bo'lishga kelishib olgandik. Eron bilan o'yinda Odil Ahmedovning o'ynamagani tufayli yutqazib qo'ygandik. Oxirgi matbuot anjumanida qachondir barchasini aytib beraman deganman. Mirabror Usmonovga menga bo'lgan ishonch bildirgani uchun katta rahmat aytaman. Ammo uning qo'l ostidagi bazi insonlar bizga yordam bera olishmagan. Masalan, so'nggi o'yindan oldin Toshkent-Xitoy-Toshkent charter reysini so'ragandik. Ammo bunga javobgar bo'lgan shaxslar Xitoyga charter reys uchmaydi deb javob berishgan. Biz 11 soat o'rniga 28 soatni yo'lda o'tkazganmiz. Koreya esa samolyotga o'tirgan va 6 soatda Toshkentga etib kelgan. O'yinni eslasanglar birinchi taymda biz yaxshiroq o'ynaganmiz, ammo ikkinchi taymda charchab qolgandik. O'sha saralash bosqichida Xitoy va Qatarga qarshi o'ynaganmiz. Xitoyda ham, Qatarda ham futbolda yiliga juda katta pul tikiladi. Bizda bunday pullar yo'q. Bugungi kunda bizda faqat "Paxtakor" hususiy klub, qolgan klublar esa davlat tasarrufida. 


championat.asia savoli: - Ikki yil davomida matbuotdan yiroqlashdingiz. Bunga nima sabab bo'lgandi? 

- Proval bo'lgandi. Sen juda yaqin kelgan narsangga erisha olmasang qanday ahvolga tushasan. O'sha matbuot anjumanida bazi insonlarni ko'rgandim. Siz mendan ko'p bor intervyu so'rab murojaat qilgansiz, buni tan olaman. Ammo terma jamoada nimadir yuta olmay turib intervyu berishni o'zimga irim qilgandim. 

Masalan, Aleksandr Lobanov nimaga o'ynagan? Meni KXDRga qarshi o'yindan keyin terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashgandi.  O'sha bahsda birinchi taymda 0:4 hisobida yutqazgandik. O'sha bahsdagi 3ta o'tkazilgan gol havodagi kurashlardan so'ng urilganini ko'rdik. Zamonaviy futbolda hozirgi kunda eng kuchli darvozabon Ignatiy Nesterovning xatosi edi. Qaytaraman Nesterov hozirgi kunning eng kuchli darvozaboni hisoblayman, ammo xatolari tufayli yutqazgandik. Buni o'sha vaqtda aytmaganim mening xatoim. 



championat.asia savoli: - "Lokomotiv"ga keldingiz. Bu "Paxtakor"ning ashaddiy raqibi...

- Menda "Paxtakor" qoni oqadi, menda "Paxtakor" DNKsi bor. 15 yil ushbu klubda ishlaganman, buni bekor qilib bo'lmaydi. Ammo menga "Lokomotiv" klubidan taklif bo'ldi, klub prezidenti menga ishonishayotganini his qildim. SHu bois "Lokomotiv"ga keldik. 


championat.asia savoli: - "Lokomotiv"ga kelishingizdan oldin futbolchilar Fyodorovning yonini olib murabbiy uchun o'ynaymiz deb intervyu berishdi. Bir qator futbolchilar jumaladan Temurxo'ja Abduxoliqovning siz bilan munosabati u qadar yaxshi emas....

- Abduxoliqov bilan munosabatimiz yomon deb kim aytdi? Men uni "Bunyodkor" yoshlar jamoasidan "Paxtakor"ga taklif qilganman. Ha u raqobatchilari bilan o'ynagan. Hozir esa unda raqobat yo'q, bu esa yomon. Har bir sportchiga raqobat kerak va zarur. Futbolchilar bilan kecha gaplashib oldim. 5 daqiqa ichida ulardan nima kutayotganimni tushuntirdim. Ayni paytda "Lokomotiv" bilan shartnomasi bor bo'lgan barcha futbolchilar men uchun dunyodagi eng yaxshilari. Biz bitta oilamiz. 


championat.asia savoli: - "Lokomotiv"ga aynan kim taklif qildi?

- Klub prezidenti Rajabov Mansur Qo'chqorovich taklif qildi. Meni sal avvalroq bosh murabbiylikka taklif qilishgandi, ammo oldingi murabbiyga imkon berishlarini so'ragandim. 


championat.asia savoli: - Siz menejer sifatida ish boshlagansiz. Endi esa murabbiysiz. O'zingizni qaysi birida kuchliroq deb hisoblaysiz?

- Bugungi kunda ikkalasi bitta narsa, ajratish to'g'ri emas. 2014 yilda O'FF mening tashabbusim bilan menejer lavozimini kiritgan edi. Menejer butun klubni boshqaradi, asosiy tarkibdan boshlab akademiyaga qadar. 


kun.uz savoli: - OCHLda so'nggi yillarda faqat "Lokomotiv" guruhdan chiqa olgandi. Bunga mutaxassis sifatida qanday baho berasiz? 

Bu juda past natija. Bu yil klublarimiz sharmanda bo'lishmadi. Ikkala klubda ham imkoniyat bor edi. "Paxtakor"da ham, "Lokomotiv"da ham terma jamoa etakchilari hisoblanadi. Xorij klublarida etakchilik asosan legionerlar gardanida bo'ladi. Bizda kuchli legionerlar yo'qligi bois asosiy yuk terma jamoa azolariga tushadi. Guruhdan chiqa olmasak ham o'zimizning yosh futbolchilar uchun tajriba maydon bo'ladi.


kun.uz savoli: - Demak "Lokomotiv" 5-turdan keyin guruhda qolib ketgani proval emasmi? 

- Yo'q, chunki keyingi bosqichga chiqishga yaqin kelingandi. Men guruhdan chiqa olmaslik yaxshi demayapman, bu yomon. Buning ijobiy tomonini aytayapman xolos. 


uzreport tv savoli: - Jamoada qaysi chiziqlarni kuchaytirish lozim deb hisoblaysiz?

- Biz kuchaytirishimiz lozim bo'lgan chiziqlar bor. Bu borada o'rganish olib bordim. Bazi chiziqlarimizda raqobat umuman yo'q. O'sha nuqtaga kuchli yosh futbolchilarni taklif qilishimiz kerak. Zaxira kerak bo'ladi.


championat.asia savoli: - Siz hozirgi "Paxtakor"ga chempionatda raqobat tug'dira olasizmi?

- 8 ochkolik farq qatta. Bu qiyin. Ayni paytdagi vazifa klubdagi imkoniyatlardan maksimal foydalangan holda natijaga erishish. Har bir o'yin "Lokomotiv" uchun eng muhimi bo'ladi. Biz aynan shu falsafa bilan maydonga tushamiz.


championat.asia savoli: - Samvel Babayanning tankasi kim? 

- Meni yaxshi biladigan odamlar bilishadi. Hech kim mendan o'zbek futbolida ishlash huquqini olib qo'ya olmaydi. 7 yoshimdan buyon futbol ichidaman. O'zbek futboli uchun ko'p narsa qilganman. Tanki yoki boshqa narsalar bo'lmagan, bo'lmaydi ham. Faqat yaratgan meni jonimni olishi mumkin.


championat.asia savoli: - MTJni boshqagan vaqtingizda xatolardan biri o'z futbolchilarini asosiy tarkibga qo'yishingiz haqida gapirishardi. Ularni tarkibga qo'yish orqali reklama qilib, sotish rejasi bor degan fikr bo'lgandi. Bunga qanday munosatdasiz?

-Siz birovning telefonini olib bozorda sotib yubora olasizmi? Men klubda ishlamay turib, ularning futbolchisi sotilishidan qanday manfaat olishim mumkin? MTJda ishlagan vaqtimda bitta chiziqqa ikki davogar bo'lgandi. Masharipova va SHomurodov. Agar men noprofessional bo'lganimda o'sha chiziqqa "Paxtakor"dagi futbolchi Masharipovni qo'ygan bo'lardim. Ammo, men SHomurodovni MTJga qo'ydim. O'shandan so'ng u Rossiyaga ketdi va bugungi kunda MTJning eng asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.


championat.asia savoli: - "Paxtakor"dan ketganidan so'ng Babayan o'z futbolchilarining shartnomasiga tasir qilganmidi?

-SHartnoma tuzish mening emas, bosh direktorning vazifasi. Avvalgi akcioner ketganidan so'ng, yani hokimiyatdan so'ng barchasi kelishilgan. Akcionerlar, yuristlar bilan ishlangan. Hozir futbolchilar bir 1 yillik shartnomalar tuzilmoqda. Bundoq olib qarasa, yil oxirida bizda futbolchilar qolmasligi mumkin. Siz so'ragan narsa mish-mishdir.


championat.asia savoli: - Biz "Lokomotiv"da yirik transferlarni ko'rishimiz mumkinmi?

-Albatta rejalarim bor. Ammo, shartnoma tuzganimizdan so'ng bu haqida gapiraman. Hali bizda zaxira futbolchilarimiz, mashg'ulotlarda ishlayotgan futbolchilarimiz bor.


uzreport tv savoli: - Superliganing yangi formati haqida nima deya olasiz?

- Xorijdagi amaliyot men uchun foydali bo'ldi. Latviyada 1 million dollar byudjeti bor jamoa ECHLda ishtirok etyapti. U SSSR vaqtida tashkil topgan klub. Bugun har bir viloyatimizda ajoyib stadionlar qurilgan. Ular OCHL, MTJ o'yinlariga javob bera oladi. Klublarning kamayishi futbolimiz uchun yaxshi emas deb hisoblayman. Mening fikrimcha, 16 ta jamoa yaxshi variant. Bu ko'proq futbolchilar, yangi kashfiyotlar degani. Bu yana menejmentga borib taqaladi. Bu bizning rivojlanishimizga yordam beradi.


- Siz "Lokomotiv"da menejer sifatida qay tarzda pul topish mumkin deb hisoblaysiz?

- Bugun TVdan pul ishlay olmaymiz, muxlislar ham kam. Bizda homiylar bor. Qo'shimcha homiylarni jalb qilishimiz kerak. Menejmentni ishga solishimiz lozim.


championat.asia savoli: - O'zbek klublari OCHLda yaxshi natija qayd eta olmayotganiga va saviyaning tushib ketishiga kelishilgan o'yinlar hamda totalizatorning o'rni bor degan fikrga qo'shilasizmi? O'tgan yil Betradar xulosasiga ko'ra O'zbekistonda 10dan ziyod o'yinlar qayd etilgan.

Kelishilgan o'yinlar borasida mish-mishlar doimo bo'ladi. Biz mutaxassis sifatida buni ko'ra olishimiz kerak. "Lokomotiv" chempionatimiz etakchisi hisoblanadi. Futbolda barcha masala maydonda hal bo'lishi lozim.


championat.asia savoli: "Lokomotiv" halol o'ynashiga va barcha masalani maydonda hal qilishga vada berasizmi?

- Ha vada beraman. Faoliyatimda doim shunday bo'lgan, bundan keyin ham shunday bo'ladi.



Reyting: -486   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика