Samvel Babayan Inileev, Haydarov va Akramovni ortda qoldirdi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2016, 17:17
O'zbekiston terma jamoasi 10 noyabr kuni Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvida 1:0 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, O'zbekiston Samvel Babayan qo'l ostida 16ta o'yin o'tkazib 14ta g'alaba va 2ta mag'lubiyat qayd etdi.

Babayan g'alabalar soni bo'yicha Rustam Akramov (18 o'yin, 13 g'alaba), Rauf Inileev (27 o'yin, 13 g'alaba) va Ravshan Haydarov (25 o'yin, 13 g'alaba) kabi murabbiylarni ortda qoldirdi.

O'zbekiston terma jamoasi bilan birga eng ko'p g'alabaga erishgan murabbiy Mirjalol Qosimov hisoblanadi. U 55ta o'yinda terma jamoa bilan 23 marta g'alaba qozongan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia