So’nggi yangiliklar

01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  24 01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  5 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  11 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  2 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  1 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  4 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  12 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  54 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  30 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  4 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  8 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  6

Samvel Babayan: "Himoya va hujum o'rtasida muvozanat bo'lishi kerak" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Himoya va hujum o'rtasida muvozanat bo'lishi kerak"

Coca Cola Superligasi 17-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi o'tgan uchrashuvdan keyin "temiryo'lchilar" ustozi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi o'yin har tomonlama - turnir jadvalidagi holat nuqtai nazaridan, shuningdek, ruhiy holatimizni yaxshilab olish uchun ham bizga muhim edi. Ushbu raqib orqali biz qanchalik darajada sifatli o'yin ko'rsata olishimizni ko'rib olardik. Bugungi bahs ko'rsatdiki, biz buni holatma holat yaxshilab boryapmiz. Vaziyatlarni yaratishdagi harakatlarimiz ancha chiroyli ko'rinyapti. Boshqa tomondan olib qaraganda, himoyadagi pozicion o'yinimiz ham yomon ko'rinish olmadi. So'nggi daqiqalarga qadar barcha ko'rsatmalarni to'liq bajargani, o'yinni tashlab qo'ymagani uchun futbolchilarimdan minnatdorman. Muxlislarni ham g'alaba bilan tabriklayman. Faqatgina oldinga harakat qilamiz. Bugungi o'yin davomida bir necha epizodlarda ko'rindiki, biz qaysi yo'nalishda yurishni davom etishimizni bilib oldim.

- Raqib "Lokomotiv"ga qanchalik darajada qarshilik ko'rsatdi deb hisoblaysiz?
- "Nasaf" - yosh va iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Ular to'g'ri yo'ldan ketishmoqda. Yildan yilga yosh yigitlar katta tajriba to'plashmoqda. Ushbu yigitlar fonida "Nasaf" juda kuchli jamoa bo'lib ko'rinyapti. SHu boisda qarshilik muxlislarni shunday jamoasi borligi bilan tabriklab qolaman.

- Temurxo'ja Abduxoliqov so'nggi o'yinlarda kam gol urmoqda. Bunga nima sabab bo'lmoqda deb o'ylaysiz?
- Bir nechta jihatlar. Oilaviy ruhiyat holati. O'yin davomida ruhiy holat bilan bog'liq bo'lgan vaziyatlar bo'lib turadi. Temurxo'ja yuqori saviyali, sifatli futbolchi. Biz ko'rib, o'zi tushunib turgan xatolarni to'g'rilashda ishlashda davom etamiz. U bizning asosiy hujumchimiz va u yaqin vaqtlarda o'zining oldingi holatiga qayta oladi.

- "Lokomotiv" o'z maydonida gol o'tkazmasdan g'alabaga erishyapti. Himoyachilarning o'yinlariga yuqori baho bera olasizmi?
- Barcha jamoa hujum qilishni ham himoyada o'ynashni ham bilishi kerak. Yaxshi himoya bilan turnirlarda g'olib bo'lish mumkin. Ammo har doim o'yinda muvozanat bo'lishi kerak. Bugungi bahsning so'nggi daqiqalarida yigitlar ruxiy tomonlama ajoyib ko'rinishdi. SHuningdek, bunday pallada futbolchilarimiz natijani ushlab qolish uchun qanchalik darajada harakat qila olishini ham ko'rib oldik. Raqiblarning deyarli barcha hududlarini yopib qo'yib, ularga vaziyat bermadik deb ayta olaman.

Reyting: -150   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика