Samvel Babayan: "Haqli g'alabaga erishdik"
08 iyu 2015 08:33
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Haqli g'alabaga erishdik"
Dinamo - Paxtakor o'yinidan keyin mehmonlar bosh menejeri Samvel Babayan o'yin borasida to'xtalib o'tdi.
Oliy Ligada oson o'yinning o'zi yo'q. Bugun kichik hisobda g'alaba bo'lsada, yigitlar xarakter ko'rsata olishdi. Ruhiy jihatdan og'ir uchrashuv bo'ldi. Eng asosiysi haqli g'alabaga erishib maqsad sari navbatdagi qadamni tashladik.
- Gol muallifi Igor Sergeev boshidan jarohat olib o'ynadi. Uning holati qanday?
- Ochig'ini aytsam, menda shunday taasurotki, xuddiki o'yindan oldin Dinamo futbolchilariga Paxtakor o'yinchilariga jarohat etkazish ko'rsatmasi berilgandek. Sergeev va Stanislav Andeevlar boshlaridan jarohat olib, o'ynashdi. Tushunaman, o'yin asabiy ruhda o'tdi, yakkakurashlar juda ko'p bo'ldi, ammo malum chegaradan chiqmaslik lozim. Hech qisi yo'q, yigitlar jiddiy jarohat olishmagan.
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar