Samvel Babayan: “Hali chempion bo'lmadik”
25 okt 2014 18:08
Yangiliklar


Samvel Babayan: “Hali chempion bo'lmadik”
"Metallurg" - "Paxtakor" (2:4) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar menejari Samvel Babayan qatnashdi.
“Bugun og'ir va qiziq o'yin bo'ldi. Oldinda bora turib hisob tenglashishiga yo'l qo'ydik, shundan keyin g'alabaga hali erta ekanligini tushungan futbolchilarimiz yana o'z o'yinlarini ko'rsatishni boshladilar. Bugun ikki jamoadan ham qizil kartochka bo'ldi. Bu ham bahs qanchalik qiziq o'tganini bildirib turibdi”, - deb gap boshladi Babayan.
- Jamoani chempionlik bilan tabriklasa bo'ladimi?
- Yo'q. Hali rasman hech nima o'z tasdig'ini topmagan. Bu futbolchilarni chalg'itib qo'yishi mumkin.
- Jamoani chempionlik bilan tabriklasa bo'ladimi?
- Yo'q. Hali rasman hech nima o'z tasdig'ini topmagan. Bu futbolchilarni chalg'itib qo'yishi mumkin.

Fikrlar