So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  0 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  1 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  88 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  24 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

Samvel Babayan: "FIFA kunlaridan so'ng futbolchilarning avvalgi darajasiga qaytishi qiyin bo'lmoqda" Yangiliklar

Samvel Babayan: "FIFA kunlaridan so'ng futbolchilarning avvalgi darajasiga qaytishi qiyin bo'lmoqda"

O'zbekiston kubogi musobaqasining yarim final bosqichidan o'rin olgan OKMK - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Qiyin o'yin o'tkazdik. Kubokda boshqa o'tish o'yini yo'qligini bilardik. Bugun ikki kuchli jamoa maydonga tushdi. Afsuski, omad raqibga kulib boqdi. Birinchi bo'limdan so'ng o'zgarishlar amalga oshirdik va bu o'yinga tasir o'tkaza oldi. Ammo tashkil etilgan hujumlarni yakunlay olmadik. Albatta, alamli mag'lubiyatga uchradik. Finalda o'ynash imkoniyatimiz bor edi. Final — futbol bayrami degani. OKMKga hal qiluvchi bahsda muvaffaqiyatga erishib, kubokni qo'lga kiritishini tilab qolaman. 

- "Navbahor" himoyasi Osiyo CHempionlar ligasidagi ikki o'yinda ham tartibli o'yin ko'rsatdi. Ushbu turnirdagi tartibli himoyachi Superliga va kubokda ham qo'llashga nima xalal beryapti?

- Afsuski, FIFA kunlaridan so'ng futbolchilarning avvalgi darajasiga qaytishi qiyin bo'lmoqda. Uchta o'yindagi natijani ko'rdingiz: 11-0. Farq yuqori sifatli o'yinda. Bizning yigitlar terma jamoada ajralib turishadi. 

Ikkinchi golda xatoga yo'l qo'ygan Milovich tunda terma jamoa ixtiyoridan uchib keldi. Bu fakt, biroq bundan qutulib bo'lmaydi. Bir tomondan, terma jamoada futbolchilarimiz borligidan fayrlanamiz. Boshqa tomondan, ular terma jamoa ixtiyoridan qaytgach, qaytadan tiklanish va psixologiyani ko'tarish ustida bosh qotiramiz. Bizni tark etayotgandagi holatda qaytish oson emas. Buning choralarini ko'rishimiz kerak. 

Yana bir jihat, Tabatadzening jarohati. Biz uni maydonga tushirishga majbur bo'ldik. Afsuski, u jarohatini chigallashtirdi. SHunday bo'lsa-da, u faol harakat qildi va hisobni tenglashtirishda yordam berdi.

Endigi vaziyatda yana-da qiynalamiz. Biz uchun Boxing Day boshlanmoqda. Himoya va hujumdagi sifatni qaytaramiz. 

- 120 daqiqalik o'yindan so'ng Osiyo CHempionlar ligasi o'yiniga tiklanish jarayoni qay tartibda o'tadi? Bundan xavotiringiz yo'qmi?

- Xavotir yo'q. Ular professional. Hozir, asosiysi, yigitlarning tiklanib olishida. SHu maqsadda vitaminizaciya va boshqa usullarda ish olib borishadi.

Biz ikki yo'nalishda kurashyapmiz. Keyingi o'yinlargacha tiklanishga harakat qilamiz.


Reyting: -62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика