So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Samvel Babayan: "Ertaga "Navbahor" tarkibida yangi o'yinchi paydo bo'ladi. U himoya chizig'i vakili" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Ertaga "Navbahor" tarkibida yangi o'yinchi paydo bo'ladi. U himoya chizig'i vakili"

Coca Cola Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- "Qizilqum" bugungi kunda yaxshi o'yin ko'rsatadigan jamoa. Ijrochilar ham juda ajoyib ko'rinishda. Murabbiylar shtabi ham ularda yaxshi ish olib bormoqda. Bir necha vaziyatlarda kamchiliklarga yo'l qo'ydik. Biroq, yigitlarning maxorati evaziga vaziyatni o'nglashni uddasidan chiqdik. Ikkinchi taymda qilgan o'zgarishlarimiz samara berdi. Bu g'alaba qanchalik muhim ekanini hamma tushundi. Muxlislarimizga katta rahmat. Ular xursand bo'lishlari uchun barcha ishni qilamiz. 

- Davron Hoshimov zaxiraga olinishiga sabab?

- Davronda noqulaylik bo'ldi. Bazi vaziyatlarda o'ng qanotdan raqib vaziyat yarata oldi. Doktorlar Davronga dam berishni maslahat berishdi. Bundan tashqari, unda sariq kartochka bor edi. SHu sabab ham biz uni zaxiraga oldik.

- Bugungi o'yinda jamoaga yangi qo'shilgan Tabatadze va Abdumannopov ikkinchi bo'limda maydonga tushirildi. Ularning o'yinidan qoniqish hosil qildingizmi?

- Tabatadzeni anchadan beri kuzatib kelayotgandik. U bugun ham maydonga tushdi va o'z darajasini ko'rsatib qo'ydi. Yaxshi darajadagi hujumchi. Abdumannopov ham maydonga tushib, jamoaga foyda keltirishdi. Bizda zaxiradagi barcha futbolchilar o'yinni kuchaytira olishadi. Hamma asosiy tarkib uchun nomzod. Kichik elon desak ham bo'ladi. Ertaga "Navbahor" tarkibida yana bir yangi o'yinchi paydo bo'ladi.

- "Navbahor" transfer oynasida Tabatadzeni hisobga olmaganda biror katta transfer amalga oshirmadi. Bunga sabab nima?

- Bizda tarkib juda yaxshi. Hujumchiga bizda ehtiyoj bor edi. Hujumchi bilan shartnoma imzoladik. Ertaga tarkibda yana bir kuchayish bo'ladi. U hujumkor futbolchi emas, himoya zonasida bo'ladi. Himoya bizdagi eng barqaror nuqta bo'lsa ham biz bu poziciyada raqobatni yuzaga keltirishga harakat qilamiz.

-  Tabatadzeni transfer qilinishi OCHLda jamoaga hujumchi kerakligi bilan bog'liqmi?

- Tabatadzening darajasi OCHLda ham, mahalliy chempionatda ham yaxshi o'yin ko'rsatishga imkon beradi. Biz raqiblarning kuchini bilamiz. Bizda shunchaki raqobat bo'lishi kerak edi. Abduholiqov va Tabatadze menimcha yaxshi juftlikni hosil qilishadi.

- Transfer bozorida Masharipovning "Navbahor"ga o'tishi borasida mish-mish tarqaldi...

- Hamma tranfserlar jimlikda amalga oshiriladi. Vaqt ko'rsatadi. Jalol mening tarbiyalanuvchim. U hozir futbolimiz yuzi va terma jamoamiz etakchisi. Ko'ramiz. Biz har doim kerak paytda, kerakli qarorni qabul qila olamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика