So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Samvel Babayan: "Eron bilan o'yin uchun tarkibni bir kun oldin aniqlaymiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Eron bilan o'yin uchun tarkibni bir kun oldin aniqlaymiz"

Teglar :  Samvel Babayan
O'zbekiston - Tailand uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun biz uchun juda o'yindan oldingi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Bizning vazifamiz o'yin sifatini yaxshilab Eron bilan o'yinga yaxshi formada etib borish", - deydi Babayan.

- Bugungi o'yinda Himoyadan ko'nglingiz to'ldimi?
- Biz gol o'tkazmadik. Buni tahlil qilib chiqamiz. Bugun ko'plab asosiy tarkib o'yinchilari maydonga tushishmadi. Umid qilamanki, keyingi bahsda ular bizga yordam berishadi.

- Uzoq masofalardan zarba berishning foydasini Rashidov misolida ko'rdik. Buni mashg'ulotlarda ham sinovdan o'tkazayapsizmi?
- Albatta biz turlicha o'ynashga intilishimiz kerak. Uzoqdan zarba berish ustida ham ishlaymiz.

- Tailand haqida nima deya olasiz? Jamoa safiga yangi murabbiy va yangi futbolchilar kelishdi...

- Biz bu jamoani o'rganib chiqdik. O'zbekiston bilan o'yindan oldin sizlarda murabbiy almashdi. Tailand bugun bizga juda katta qiyinchiliklar tug'dirdi. Rayevac juda tajribali va hurmatli murabbiy sanaladi. Bu jamoa JCH-2018 saralashida ishtirok etayotganining o'zi ko'p narsani anglatib turibdi.

- Bugun Temurxo'ja Abduxoliqov zaxiradan maydonga tushib gol urdi. Bu Eron bilan o'yinda hujumda kim tushishi borasida qaroringizni aniqlab berdimi?
- Eron bilan o'yining asosiy tarkibini uchrashuvga bir kun qolganida aniqlaymiz.

- Eron bilan o'yinda bugungidek muxlislar bo'lmaydi, 100 ming odam bo'ladi. Tailandning himoyasidek himoya bo'lmaydi, Bikmaevning imkoniyatidek imkoniyatlar bo'lmaydi...

- Aytganimdek gol o'tkazmadik. Ammo hali bu o'yinni ko'p bor tahlil qilib chiqishimiz kerak. Eronning CHernogoriya bilan o'rtoqlik uchrashuvini ham ko'ramiz va o'rganamiz. O'yin sifatida borasida hali ancha ko'p ish qilishimiz kerak.

- Bikmaev jarohat olib maydonni tark etdi. Uning holati qanday?
- Ertaga tibbiy tekshiruvdan o'tadi. SHundan keyingina uning holati aniq bo'ladi. Umid qilamizki u Eron bilan o'yinda bizga yordam bera oladi. O'z klubida juda yaxshi mavsumni o'tkazmoqda.

- Geynrixga ko'proq daqiqa imkoniyat taqdim etildi. Nimadir rejalashtirilganmi?
- Sasha butun vujudi bilan terma jamoada o'ynaydigan futbolchilardan biri. Uning holatini tekshiruvdan o'tkazish uchun ko'proq o'ynadi. Abduxoliqov, Haydarov bir oydan buyon o'yin amaliyotiga ega bo'lishmayotgandi. "Lokomotiv" klubiga rahmat, ular mashg'ulot o'tkazib turishdi. Ammo o'yin bilan mashg'ulotning farqi katta.

Narzulla Saydullaev
Reyting: -126   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика