So’nggi yangiliklar

09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  0 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  6 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  7

Samvel Babayan: "Debyut doim qiyin o'tgan" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Debyut doim qiyin o'tgan"

Superliganing 13-turi doirasida "Lokomotiv" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Debyut o'yin doim qiyin o'tgan. O'tgan bir hafta davomida o'yinga tayyorlandik. "Lokomotiv"ning barcha muxlislarini, klubda xizmat qilayotgan barchani g'alaba tabriklayman. Bugun yaxshi o'yini bilan professionalligini ko'rsatgan, o'yindan oldin kelishib olganlarimizni bajargan futbolchilarga, umuman ushbu g'alabaning tizimida ishtirok etgan barchaga rahmat aytaman.

- Tanaffusda "Lokomotiv" qanchalik darajada o'zgaradi?
- Bu erda yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Ammo tarkibda raqobat kerak. Futbolchilarning katta qismi termada o'ynaydi. O'yinga kelsak, bugun ham biz bir necha sifatlarni o'zgartira olganimizni ko'rdik.

- Futbolchilar bilan nimalarni kelishib olgandingiz? Ular sizga qanday vada berishgandi?
- Bugun biroz xavo halaqit qildi. Biz to'pni ushlab turishimiz kerak edi. Agarda yana bir bor gol kiritganimizda o'yin osonroq ketardi. 88-daqiqaga kelib, raqib ochildi va biz ham hujumlarni kuchaytirdik. Ishlashda davom etamiz.

Jamshid Iskanderov: - O'yin qiyin bo'ldi. Havoning biroz issiqligi o'yinga tasir qildi. Yangi bosh murabbiy bilan birinchi o'yinimizni o'tkazdik. Samvel Babayanning talablariga ko'nikib olishimiz uchun vaqt kerak. Qo'limizdan kelgancha oxirigacha kurashib, g'alabaga erishdik.

- Siz bugun vingerlik poziciyasida o'ynadingiz. Bu sizga noqulaylik tug'dirmaydimi? CHunki siz asosan markazda o'ynardingiz.
- "Paxtakor"da 2013 yilda vinger bo'lganman. Bu men uchun yangilik emas. O'ng qanotda ham o'rtada ham o'ynay olaman. Bu poziciyalarda o'zimni yaxshi his qilaman. Bosh murabbiy meni qaysi nuqtaga qo'ygan taqdirda o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman.

Reyting: -225   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика