So’nggi yangiliklar

20:31Гвардиола ёзда кетадими? Романо жавоб берди  4 20:04"Барселона" ҳимоячиси 1 йилдан ортиқ вақт депрессия билан курашганини айтди  0 19:37Садриддин Абдуллаев: "Локомотив" — янги жамоа. Ичимдаги "футболчи" ҳиссини енгиб ўта олдим"  1 19:11Сэр Жим Рэтклифф ўз баёноти юзасидан изоҳ берди  0 18:49"Пахтакор" Украина жамоасига мағлуб бўлди  20 18:28Мураббий янги, лекин муаммолар эскилигича қолмоқда  7 18:02САфарда ОКМК ўйинида. Нодир Абдураззоқов ва Миржамол Қосимов "Ротор" билан баҳсдан кейин нимлар дейишди?   1 18:00Деку: "Мен "Барселона"га Лапортанинг қайта қуриш ҳақидаги лойиҳасига ишониб келганман"  2 17:33"Реал", "Ливерпуль" ва "Челси" "Борнмут" ҳужумчисини кузатмоқда  1 17:07Темурхўжа Абдухолиқов: "Ёши ўтиб қолди дейишмоқда, аммо..."  0 16:44Рэтклифф туфайли бутун дунё яна МЮ ҳақида гапира бошлади. Adidas ҳам оёққа турди  4 16:17Расман: "Машъал" шимолий македониялик форвард билан шартнома тузди  1 15:55САфарда "Локомотив" меҳмони. Темурхўжа Абдухолиқов ва Садриддин Абдуллаевдан интервью  0 15:54Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  102 15:38Томас Тухель Англия терма жамоаси билан шартномасини узайтирди  1

Samvel Babayan: "CHiroyli futbol uchun yigitlarga rahmat" Yangiliklar

Samvel Babayan: "CHiroyli futbol uchun yigitlarga rahmat"

Oliy liga 3-tur o'yini "Paxtakor" - "Buxoro" (3:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar menejeri Samvel Babayan ishtirok etdi.

"Bugun biz uchun juda muhim bahs bo'ldi. Birinchi tur o'yinida o'z maydonimizda ochko yo'qotganimiz sababli, bugun qanday qilib bo'lmasin g'alaba qozonishimiz kerak edi. Yigitlarning ko'rsatgan chiroyli futboli va g'alabadan ko'nglim to'ldi. O'yin qiziqarli bo'ldi", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Samvel Babayan.


- Mochinov Aliboboni "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaganini o'zaro kelishuvga asosan bo'lgani bilan bog'ladi. Bu qanchalik haqiqat?
- Alibobo Rahmatullaev biz bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi. Keyinchalik esa Alibobo bu erda o'yini qovushmayotganini va boshqa jamoaga qo'yib yuborishimizni iltimos qildi. Bizni Alibobo Rahmatullaev bilan ikki yillik shartnomamiz bor edi va futbolchini boshqa jamoaga o'zimiz istagan narhda sotish huquqiga ega edik. Bu bizning huquqimiz hisoblanadi. Biroq uni "Buxoro"da bepul qo'yib yuborayotganimizda og'zaki kelishuvga ko'ra, Alibobo Rahmatullaev bizga qarshi o'ynamasligini so'ragan edik. Sababi, u mavsum oldi tayyorgarlikni to'liq biz bilan o'tkazdi va bizning o'yin uslubimizni va sir-asrorlarimizni bilardi. SHu bois uni bizga qarshi o'ynamasligi kelishuvi bilan uni "Buxoro"ga bepul berib yubordik. Quvonarlisi shuki, o'zbek futbolida shunaqangi bir so'zli, mard insonlar borligi quvonarli. Bu kelishuv norasmiy, og'zaki bo'lgandi va "Buxoro" bu tomonlama erkaklik qilganini takidlab o'tgan bo'lardim.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика