So’nggi yangiliklar

10:00GiveMeSport нашри барча даврларнинг энг яхши дриблинг соҳибини аниқлади  11 09:16«Сурхон» тожикистонлик футболчи билан шартнома имзолади  0 08:48МЛС. Мессининг иккита ассисти жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  12 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:51Осиё кубоги U-20. Бугун ёшларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланмани қўлга киритиши мумкин   13 07:25Саудия Про лигаси. «Ал Иттиҳод» «Ал Ҳилол» ўртасидаги баҳсда йирик ҳисоб қайд этилди  10 03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  34 02:47А Серия. Лаутаронинг голи "Интер"га "Женоа" устидан ғалабани тақдим этди, миланликлар вақтинча биринчи ўринга кўтарилишди  0 00:53"Ювентус" АПЛдан италиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши деярли аниқ, аммо...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Унион"га жавобсиз 6та гол урди, "Байер"дан меҳмондаги ишончли ғалаба  4 00:34АПЛ. Рэшфорддан 2та ассист, Асенсиодан 2та гол — "Астон Вилла" ўз уйида "Челси"га қарши камбэк эвазига ғалабага эришди  14 00:28Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Валенсия"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, вақтинчалик биринчи ўринга чиқиб олди  9 00:01А Серия. "Торино" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9 23:05Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" даҳшатли камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  11 23:01Гвардиола Эдерсоннинг ўрнига испан дарвозабонни олиб келадими?  3

Samvel Babayan: "Bugungi g'alabamizni "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlaymiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bugungi g'alabamizni "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlaymiz"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikringiz qanday?

- Birinchi navbatda muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun ko'rsatgan o'yinlari uchun yigitlarimizga ham rahmat deb qolaman. Sababi bugungi o'yin biz uchun qiyin kechdi. Bugun "Surxon" ko'rsatgan o'yinni ham alohida takidlab o'tish lozim. Bugungi g'alabamizni jamoa bilan kelishgan holda "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag'ishlashga qaror qildik. Ushbu jamoada istedodli murabbiy va futbolchilar jam bo'lishgan edi. Ular kelajakda ham ajoyib murabbiy va menejerlarga aynlanishlari mumkin edi. Aslida bu fojea butun bir epoxaning yo'qotilishidir. Ularni doim yodda saqlaymiz va faxrlanamiz. 

- Jamoada chap qanot himoyachilari bor. Ammo ular maydonga tushishmayapti va siz markaziy himoyachini qanotda o'ynatayapsiz. Bunga sabab nima?

- Bugungi kunda jamoamizda kim murabbiyni qoniqtira olsa o'sha maydonga tushadi. Yigitlar bugun maydonda biz nimaga kelishgan bo'lsak, shuni amalga oshirishdi. Golban ham men bergan barcha vazifani bajardi. CHap qanot himoyachilariga kelsak, ularga etiroz yo'q. Ammo hozirgi kunda Golbanning o'yini bizni ko'proq maqul kelmoqda. Hozirgi kunda chempionatimizdagi barcha klublar futbol o'ynashni bilishlarini isbotlashmoqda. Bundan tashqari, barcha o'yinning syujeti turli xil kechadi. Biz har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Asosiy vazifamiz muxlislarni xursand qilish. 

- Jamoaning kelajakdagi potenciali haqida gapirsangiz. Kelajakda bu potencial yanada oshadimi? Yani, ehtimoliy qo'lga kiritiladigan OCHL yo'llanmasi yanada kuchliroq o'yinchilarni jamoaga taklif etilishiga sabab bo'ladimi, yoki hozirda bor etibor faqatgina chempionlikka qaratilganmi?

- CHempionlikka kelsak, bizning asosiy vazifa barcha o'yinlarda muxlislarni xursand qilish va kerakli natijaga erishish. CHempionat tugaganidan so'ng esa biz yakuniy xulosalarga kelamiz. Jamoaning potencialiga haqida gapiradigan bo'lsak, yozgi transferlar oynasida jamoaga qo'shilgan o'yinchilar Abdumannopov va Yaxshiboev "Navbahor" o'yinini kuchaytirganini ko'rishimiz mumkin. Bu esa yozda jamoaga sifatli o'yinchilar olib kelinganini anglatadi. Bugungi kundagi "Navbahor"da raqobat kuchli va deyarli barcha o'yinchilar milliy terma jamoaga nomzod futbolchilardir. Har bir o'yinda raqibni o'rganib, bor kuchimizni namoyish qilishimiz lozim. "Nasaf"ga qarshi o'yinda ham aytgandimdek, biz bugun ham uchrashuvning boshidan oxirigacha o'yinni to'liq nazorat qildik. Mana bizning vazifa nimadan iborat. Buning uchun esa bizda saviyali o'yinchilar etarli.

- Samvel Babayan o'zbek futbolida katta nom. Ammo "Nasaf"ga qarshi yoki bugungi o'yinda ko'ryapmizki, murabbiylar sizga hakamga bosim o'tkazyapsan degandek munosabatda bo'lishyapti. O'tgan o'yinda Ro'ziqul Berdiev, bugun "Surxon" murabbiyi siz bilan muloqotga kirishmoqchi bo'ldi. Aynan bu borada siz haqingizda qanaqadir salbiy fikr shakllanib qolganmi?

- Ro'ziqul Berdiev bilan yuz bergan vaziyatda obiq o'yinchimiz "Navbahor" o'yinchisiga qarshi yaqqol fol ishlatdi va qo'shimchasiga Iskanderov bilan nizoda provokaciya qildi. Men o'z o'yinchilarimni har doim himoya qilaman. Qolgan gaplarga kelsak, men uchun o'z jamoam eng zo'ri. Men qaerda ishlasam ham jamoa uchun jonimni berishga tayyor bo'laman. Faqatgina shu yo'l orqali natijaga erishiladi. Istalgan yaxshi murabbiyni tanqid qilishadi. Menga kimdir nimadir deyishidan ko'ra o'z futbolchilarim muhimroq.

- O'yin payti emociyalaringizni yashira olmaysiz. Bizda hozir Samvel Babayan maydonga tushib ketadi degan taassurot paydo bo'ladi...

- Yo'q, men maydonga tushib ketmayman. Agar bunday qilsam bu hakamlar tomonidan jazolanadi. Jamoam o'yinini hissiyot bilan boshqarishimga sabab men aynan shu kayfiyatni futbolchilarimga o'tkazaman. Maydonda jang bo'layotgan payt men o'zimni xotirjam tuta olmayman. O'zimdagi energiyani yigitlarga o'tkazishim kerak.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика