So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Samvel Babayan: "Bugun omadsiz hodisalar sababli g'alaba qozona olmadik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bugun omadsiz hodisalar sababli g'alaba qozona olmadik"

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan so'ng "lochinlar" bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Dastlabki uch turni o'tkazib oldik va biz bilan ro'y berishi mumkin bo'lgan barcha omadsiz hodisalar shu uchta O'yin davomida ro'y berdi. Kutilmagan gollar urildi. Futbolchi boshini bilan zarba berdi va to'p noyob traektoriya orqali darvozamizdan joy oldi. CHempionat endi boshlandi va hali oldinda o'yinlar ko'p. Sabrli bo'lishimiz kerak. O'yin sifati, xohish, motivaciya hammasi joyida, ammo kutilmagan hodisalar ro'y bermoqda. Xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz va yo'q joydan gol o'tkazib yubormoqdamiz. Oldinda kichik tanaffus bor va tanaffus jarayonida barchasini tahlil qilib chiqamiz. O'yin haqida gapirgim kelmayapti. "Bunyodkor"ni hurmat qilaman, biroq bunday darajadagi jamoalarni mag'lub etishimiz kerak.

- "Bunyodkor"da murabbiylar o'zgarishi ro'y berdi va ko'pincha bunday holatlarda o'zgarishlar natijaga ijobiy tasir qiladi. Bugungi "Bunyodkor"ning qarshiligi sizni qay darajada hayron qoldirdi?

- Ha, "Bunyodkor"da o'zgarishlar ro'y berdi. Bugungi uchrashuvda ular to'liq yangi tarkib bilan maydonga tushishdi. O'tgan ikki uchrashuvda ham "qaldirg'och"lar yomon o'ynashmadi, ammo himoyadagi xatolar sababli jamoa ko'p gol o'tkazib yuborayotgan edi. Bugun esa umuman boshqa futbolchilar maydonga tushishdi. Yangi futbolchilar esa bizga notanish. Birinchi bo'limda ko'proq bosim qilishimiz kerak edi, sababi raqibimiz tarkibidagi futbolchilar yosh. Tanaffusdan so'ng, bosimni kuchaytirdik va ikkita gol urdik. Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik. "Bunyodkor"ning misoli, mahalliy mutaxassislarga ishonishda davom etishimiz kerakligini ko'rsatib berdi. Yangi murabbiy jamoani bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorlaganini ko'rdingiz. "Bunyodkor" o'z akademiyasi bilan mashhur. Bugun maydonga tushgan yosh futbolchilar buni isbotlashdi. "Bunyodkor"ga "respekt" aytaman.



Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика