So’nggi yangiliklar

20:08"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикаси билан баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  16 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   6 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  23 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Babayan yozgi transfer oynasi haqida: “Navbahor”ning bu boradagi imkoniyatlari cheksiz. Optimal byudjetga egamiz" (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Babayan yozgi transfer oynasi haqida: “Navbahor”ning bu boradagi imkoniyatlari cheksiz. Optimal byudjetga egamiz" (to'liq matbuot anjumani)

Coca Cola Superligasining qoldirilgan 8-turidan o'rin olgan “Navbahor” - “Buxoro” (1:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.


Samvel Vyacheslavovich odatdagidek, o'z so'zini o'yin haqidagi fikrlar  bilan boshladi.

- Assalomu alaykum! Hammaga xayrli kech! Avvalo, bugungi g'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman.Turnir jadvalidagi va so'nggi o'yinlardagi bosimdan kelib chiqsak, bugungi g'alaba “Navbahor” uchun juda juda muhim edi. Albatta, mazkur yutuq uchun yigitlarga rahmat aytaman. Boisi, raqib futbolchilari ochiqchasiga himoyada keskin o'ynash bilan birga, simulyaciya ishlatishdi, vaqtni cho'zishga intilishdi. Ammo shogirdlarimga qoyil, issiq ob-havo sharoitiga qaramay, shu tempni ushlay olishdi, mehmonlarni xato qilishga majbur eta olishdi.

Hisob bundan ham boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi, chunki uchrashuvning 1-bo'limida buxoroliklar darvozasi oldida ko'plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgandik. Ammo ulardan foydalanishda oqsadik.

Ushbu zafar yana shunisi bilan ham qadrliki, shunday qiyin o'yinda ham, muxlislar ko'z o'ngida, yigitlar buni uddalay olishlarini isbotlashdi.

Buning uchun ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Birinchi davra yakunlari borasida to'xtaladigan bo'lsam, garchi tarkibdan ko'plab yangi futbolchilar joy olishgan, ulardan ayrimlariga “Navbahor”dagi taktikalarni tushuntirishga to'g'ri kelgan bo'lsada, ular klub bilan tuzilgan shartnomadagi majburiyatlardan tashqari,  “Navbahor” g'oyasi uchun ham barcha imkoniyatlarini ishga solishdi. Ularga buning uchun yana bir marta rahmat aytaman.

Menimcha, birinchi davra bahslarini munosib tarzda o'tkaza oldik.

Barcha shogirdlarim bugun o'z imkoniyatlarini namoyish etgan holda, muhim g'alabaga o'z hissalarini qo'shishdi.

- CHempionlik  uchun “Navbahor”, “Paxtakor” va “Nasaf” klublari kurash olib bormoqda. Albatta, jamoangiz 1-davrani peshqadam sifatida yakunlagan bo'lsada, “Paxtakor” hamda “Nasaf” klublarining o'zaro zaxira o'yinlari bor. Bu boradagi imkoniyatni qanday baholaysiz?

- Albatta, medallar uchun qaysi jamoalar kurash olib borishini tushunib turibmiz. Haqiqatdanam ushbu klublar bunga munosib va yaxshi tarkibga ega. SHuningdek, yozgi transfer “oynasi” davrida ham tarkiblar yanada kuchaysa kerak. Matbuotdan o'qiyapmiz hamda eshityapmizmi, futbolimizda o'sish yuz beryapti, millionlar o'yiniga katta mablag'lar yo'naltirilyapti. Muhtaram Prezidentimizning Farmonlariga asosan, so'nggi vaqtlarda Superliga klublari moddiy-texnik bazasi va tarkiblarini kuchaytirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilyapti. Bu esa quvonchli holat hamda kuchli jamoalarning ko'payganligidan faqat liga yutadi. Bunga misol sifatida o'tgan mavsumni keltirish mumkin. 2022 yilgi mavsum so'nggi turgacha turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqqan holda. barcha ishqibozlarni bosimda ushlab turdi. CHempionlik taqdiri ham o'sha turda hal bo'ldi.

Biz ham bundan buyog'idagi rejalarni ishlab chiqqanmiz. Albatta, tarkibimizdagi har bir poziciyada mahoratli va tajribali futbolchilar yig'ilishgan. 

17 yoshli o'smirlarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Ushbu tarkibda “Navbahor”ning  4 nafar futbolchisi bor. Bundan esa albatta xursandmiz. Bu esa, yoshlar bilan to'g'ri ishlayotganimizdan darak. Ular kichik mundialda terma jamoamiz sharafini himoya qilishdan tashqari, bizning nomimizni ham barchaga tanitishadi. 

Ikkinchi davrada barcha jamoalar o'z tarkiblarini kuchaytirishga harakat qiladi. Kim ko'proq va yaxshiroq tayyor bo'lsa, chempionlik uchun imkoniyatlari yuqori bo'ladi.

- Bugun shogirdlaringiz ko'plab vaziyatlarga ega bo'lishdi. Aslida uchrashuv taqdirini 1-bo'limdayoq hal qilsa bo'lardi. Ammo futbolchilar vaziyatlardan foydanisholmaganligi sababli, golni uzoq kutishga to'g'ri keldi. Balki, bu borada ham ish olib borish kerakdir?

- Albatta, hujumdagi shoshma-shosharlik, vaziyatlarni yakunlash borasida sovuqqonlik etishmaganligi bunga sabab bo'ldi. Bu esa takidlayman, Namangandagi bosimga ham bog'liq. Buni barcha futbolchilar ham ko'tara olishlari qiyin. Bunga bardosh bera oladiganlar esa yuqori mahoratga egadirlar. SHunday bo'lsada, yigitlarga hech qanday etirozim yo'q. Biz mahorat evaziga gol urolmasak, kuch, bosim va tezlik evaziga ham gol urgan bo'lardik. SHularning evaziga raqib yakunda baribir o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.

- Bugungi o'yinda maydonga tushmagan Davron Hoshimov va Oston O'runovlarning sog'liqlari borasida ham to'xtalib o'tsangiz...

- O'runovning kichik jarohati borligi sababali, uni maydonga tushirib, tavakkal qilishni xohlamadik. Oston jarohatini davolatmoqda.

Hoshimovga keladigan bo'lsak, uning sog'ligi joyida, shunchaki hisobidagi sariq kartochkalari to'rttaga etganligi bois, bugun maydonga tusha olmadi.

Albatta, bugungi o'yinda ularning o'rinlari bilindi. Davron Hoshimov va Oston O'runovlar jamoamizning etakchi hamda asosiy tarkib futbolchilari hisoblanishadi. Ular keyingi bahsda maydonga tushishadi, deb umid qilaman. Buning uchun oldimizda hali bir oy vaqt bor.

- Yozgi transfer oynasida “Navbahor” qanchalik faol qatnashadi?

- Biz bu borada ish olib boryapmiz. Xudo xohlasa, yozgi transfer “oynasida” “Navbahor” kuchayadi. Ammo bularning barchasi tinch holatda, shov-shuvlarsiz amalga oshiriladi. CHunki, sensaciyalar bazan ish bermay qolishi mumkin. Bunga misol sifatida o'tgan mavsumdagi Zoran Marushich transferini keltirish mumkin.Garchi biz u bilan ancha oldin muzokara olib borgan bo'lsakda, Marushichning tarkibimizdan joy olishi uchun ikkita klub bilan kurash olib borishimizga to'g'ri kelgandi.Barcha narsaning o'z vaqti bor.

Transfer borasida yangiliklar bo'lsa, bu borada matbuot xizmati barchani xabardor qiladi. Ko'proq yosh futbolchilarga etibor qaratishga harakat qilamiz. SHuningdek, “Navbahor”ning bu boradagi imkoniyatlari cheksiz. Optimal byudjetga egamiz. Aniq ayta olamanki, jamoa ikkinchi davraga yaxshiroq tayyorgarlik va yanada kuchliroq tarkib bilan kirishadi.       

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика