So’nggi yangiliklar

22:55Кафу: "Бразилия ЖЧ-2026ни ютиши мумкин"  1 22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0 22:13Зидан: "Мен қайтаман"  0 21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  0 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  1 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  3 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  3 19:04Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U20 Қозоғистон U21 термасини кичик ҳисобда мағлуб этди  15 18:56Коло Туре Гвардиола штабида ишлаётгани ҳақида: "Менга айнан шу етишмаётганди"  0 18:10Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U18 Озарбайжонни мағлуб қилди, Абраевдан дубль  2 17:57Мбаппесиз қолган Франция термасига ким сардор бўлади?  0 17:39Ўзбекистон U-16 термаси Японияга мағлуб бўлди   13

Samuel Yumtiti: Bosimni his qilishni yoqtirmayman Yangiliklar

Samuel Yumtiti: Bosimni his qilishni yoqtirmayman

Barselona yozgi transferlar bozori paytida tarkibini bir qator futbolchilar bilan kuchaytirdi.

SHulardan biri franciyalik himoyachi Samuel Yumtitidir. Kelib chiqishi kamerunlik bo'lgan futbolchi yaqinda Mundo Deportivo nashriga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o'qishingiz mumkin.

-  Barselonaga moslashish qanday kechyapti?


- Yashash joyini topib bo'ldim. Endi bor etiborim futbolga qaratilgan.

- SHahar sizda qanday taassurot uyg'otdi?


- SHaharni unchalik ko'p aylanmadim. Lekin menga yoqa boshladi.

- Barsa sizga qiziqayotganini ilk bor qachon eshitgandingiz?


- O'tgan mavsum oxirida. Agentim o'yinlarimni Barsa kuzatayotganini aytgandi.

- Nima uchun Barselonaga o'tishga qaror qildingiz?


- Birinchidan, Barsani hamisha orzu qilganman. Bolaligimdan shu jamoada o'ynashni istardim. SHunday ekan, orzumni amalga oshirishni istadim. Ikkinchidan, bu jamoaga tezda moslashib olishimga ishondim. CHunki o'yin uslubim Barsanikiga o'xshab ketadi. Bu klub hamisha g'alabalarni maqsad qiladi. Men esa mag'lub bo'lishni yoqtirmayman.

- Futboldagi sifatlaringiz haqida gapirib bersangiz?


- To'p bilan oldinga borishdan cho'chimayman. Hattoki, pressing qilishsa ham o'zimni yo'qotmayman. O'ylaymanki, Barsada shunday o'ynash kerak.

- Jamoadagi birinchi haftadan olgan taassurotlaringiz qanday bo'ldi?


- Bu erdaligimdan xursandman. Muxlislar meni yaxshi qabul qilishdi. Jamoadoshlarim va murabbiylar ham shunday. Hozircha hammasi ideal.

- Luis Enrike bilan munosabatlaringiz qanday?


- U menga maslahatlar beryapti va birinchi kundanoq o'sishimda yordam bermoqda.

- O'sishingizda franciyalik bosh­qa futbolchilar - Dinya va Matelarning ham yordami tegyaptimi?


- Ha. Ular bilan bu jarayon tezroq bo'ladi. Ispan tilini hali bilmayman. Jeremi bu borada yordam beryapti. Tilni o'rganib, klubning ish uslubi bilan tanishyapmiz.

- Tilni bilmasligingiz o'yin paytida xalaqit bermayaptimi?


- Maydonda bu borada muammo yo'q. Eng kerakli so'zlarni o'rganib oldim.

- Kamp Noudagi birinchi o'yiningizda nimalarni his qildingiz?


- Bu men uchun katta sharaf edi. O'zimni juda baxtiyor his qildim.

- Barsaning himoyachilarga alohida talablari bor. Yani, mudofaa vakili hujumni birinchi bo'lib boshlashi kerak. Bu usulga moslashish qanday kechyapti?


- Haqiqatan ham, boshqacha o'ynashni o'rganyapman. Menimcha, Barselona ko'rsatayotgan o'yin boshqa klublarnikidan farq qiladi. Hozirda jamoaga iloji boricha tezroq moslashib olishga harakat qilyapman. Bu - boshlanishi. Umid qilamanki, vaqt o'tishi bilan o'yinim yanada yaxshilanadi.

- Sizni Pikega asosiy sherik bo'ladi, deb xarid qilishgan. U bilan munosabatlaringiz qanday?


- Maydonda Jerar tez-tez maslahatlar beradi. U himoyamiz etakchisi.

- Yana qaysi futbolchilar sizni hayron qoldirishdi?


- O'yinlarni tomosha qilsangiz, barcha futbolchilarning yaxshiligiga amin bo'lasiz. Lekin aytaylik, Messi va Inestalarning televizordagidan yaxshiroq o'yin ko'rsatishlariga amin bo'lasiz.

- Erik Abidal ham Barselona o'yinchisi bo'lgan va jamoa uchun ko'p mehnati singgan. U xuddi siz kabi Liondan tashrif buyurgan. Barselonaga o'tishdan oldin u bilan gaplashdingizmi?


- Ha. U bilan ko'p gaplashdim. CHunki klubni yaxshi biladi. Erik yaxshi narsalar haqida gapirdi. Uning uyi­dan uzoq bo'lmagan joyda yashayman. SHu bois ham tez-tez ko'rishib turamiz.

- Barsa ko'pdan buyon markaziy himoyachi qidirardi. Bu borada ortiqcha bosimni his qilmayapsizmi?


- Transfer bozori har yili bo'ladi. Bosimni his qilishni yoqtirmayman. SHunchaki, o'z ishimni yaxshi bajarishga intilaman.

- Endigina 22 yoshdasiz. SHunga qaramay, top-klubda to'p suryapsiz. O'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ygansiz?


- Haqiqatan ham, Barselonaga shu yoshimda kelishimga ishonmagandim. Lekin shaharga, klubga moslashishga harakat qilyapman. Maqsadim - bu jamoada iloji boricha ko'proq o'ynash.

- El Molinone stadionida muxlislar Inyaki Uilyamsga irq­chilik kayfiyatida munosabat bildirishdi. Bunga qanday qaraysiz?


- Bu - dahshat. Futbol birinchi o'rinda bayram bo'lishi kerak.

Jafarali tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика