"Sampdoriya" "Yuventus"ga 37 yoshli Kvalyarellaning narxini malum qildi
06 jan 2021 15:06
Yangiliklar


"Sampdoriya" "Yuventus"ga 37 yoshli Kvalyarellaning narxini malum qildi
"Yuventus" "Sampdoriya" bilan hujumchi Fabio Kvalyarellaning ehtimoliy transferi borasida muzokaralarga kirishdi.
Genuya klubi 37 yoshli forvardning transferidan 1 million evro ishlab olmoqchi. O'z navbatida "keksa sinora" tajribali futbolchi uchun 500 ming evro to'lashga tayyor.
Kvalyarellaning "Sampdoriya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Hujumchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol (1tasi penaltidan) urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar