“Sampdoriya” prezidenti: “Agar “Yuventus” ustidan g'alaba qozonsak, sochimni Raja Nainggolannikidek kestirib tashlayman”
29 dek 2018 14:57
Yangiliklar
“Sampdoriya” prezidenti: “Agar “Yuventus” ustidan g'alaba qozonsak, sochimni Raja Nainggolannikidek kestirib tashlayman”
Ana sizga jasorat.
Agar “Sampdoriya” Italiyaning etakchi jamoasi “Yuve” bilan bo'lib o'tadigan bugungi bahsda g'olib bo'lsa, Massimo Ferrero imijini butunlay o'zgartirishini malum qildi. “Sochim doim uzun bo'lgan. Ammo “Yuventus”ni mag'lub etsak, u holda Nainggolannikidek soch turmagi qildiraman”, — deydi prezident.
Funkcioner “Napoli” o'yinchisi Kalidu Kulibali to'g'risidagi irqchilik bo'yicha gap-so'zlar haqida shunday dedi: “Futbol — bu shou. Tribunaga tahminan 60 ming tomoshabin keladi, ular hammasi bir joyda to'planib qolmasliklari lozim. Stadionda shavqatsizlik va irqchilik kabi voqealar bo'lmasligi kerak”.
Eslatib o'tamiz, “Byankoneri» A Seriya jadvalida etakchi (50 ochko). “Sampdoriya” esa 5-pog'onani band etib turibdi (29 ochko).
Fikrlar