"Sampdoriya" Jampaoloni istefoga chiqardi
03 okt 2022 10:52
Yangiliklar


"Sampdoriya" Jampaoloni istefoga chiqardi
Genuyaliklar A Seriyaning 8 turidan so'ng bor-yo'g'i 2 ochko to'plashdi.
Marko Jampaolo "Sampdoriya" bosh murabbiyligidan ozod etildi.
55 yoshli mutaxassis ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatdan so'ng ishdan bo'shatildi. Jamoa A Seriyaning 8-turida "Monca"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi (0:3).
Genuyaliklar joriy mavsum jami 6 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etishgan.
Jampaolo "Sampdoriya"ni yanvar oyidan buyon boshqarib kelayotgandi. Uning qo'l ostida 25 ta uchrashuvda 6 ta g'alaba qo'lga kiritildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar